$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish uchun 100 mln. yevro qarz olinadi

14:24 / 17.01.2022

O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish uchun 100 millionda yevro qarz olinadi. Bu haqida Prezident tomonidan imzolangan “Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida ‘Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish’ loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qayd etilgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) o‘rtasida 2021-yil 28-iyunda imzolangan bitimga asosan “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasini moliyalashtirish uchun 100 million yevro miqdorida qarz ajratish nazarda tutilgan.

Loyihani amalga oshirish muddati – 5 yil (2022-2026 yillar). Loyihaning umumiy qiymati 147,07 million yevro ekvivalentida bo‘lib, shundan:

- 100 million yevro – FTAning qarzi;
- 29,96 million yevro — loyiha ishtirokchilari (benefitsiarlar)ning ulushi;
- 17,1 million yevro (shu jumladan soliq va bojxona to‘lovlari shaklida mablag‘lar) – O‘zbekistonning ulushi.

Bojxona kodeksiga asosan O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilingan.

Belgilanishicha:

- loyihani amalga oshirish doirasida FTA qarzi hisobidan xarid qilinadigan tovarlarni (ish, xizmatlarni) va maxsus transport vositalarini olib kirishda (sotib olishda) QQS tovarlarni (ish, xizmatlarni) olib kiruvchilar (import qiluvchilar, xizmatlarni sotib oluvchilar) tomonidan to‘lanadi;

- ushbu bojxona boji imtiyozlari natijasida bo‘shagan mablag‘lar hamda tovarlarni olib keluvchilar tomonidan to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi O‘zbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.

Loyiha dastlab Qoraqalpog‘istonda, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlarida amalga oshiriladi. Loyiha doirasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar 50 foizdan ziyod moliyalashtirilgandan so‘ng, respublikaning barcha viloyatlarida amalga oshiriladi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi loyihaning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, uning muvofiqlashtirilishi va boshqarilishi, shuningdek, Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobot yuritilishi uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

Kredit liniyasini boshqarish, FTAning qarzi o‘z vaqtida o‘zlashtirilishi va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, shuningdek, subloyihalarni amalga oshirish bo‘yicha monitoring va hisobotni yuritish funksiyalari loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklariga yuklanadi.

Qarz bitimi doirasida yuzaga kelgan barcha to‘lovlar Loyihada ishtirok etuvchi banklar bilan qayta kreditlash bitimlari imzolangunga qadar Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi va qayta kreditlash bitimlari imzolanganidan so‘ng loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan ularga ajratilgan mablag‘lar miqdoriga mutanosib ravishda O‘zbekistonning respublika byudjetiga qaytariladi.

Quyidagilar tasdiqlandi:

- “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
- loyiha doirasida Fransiya taraqqiyot agentligining qarzini so‘ndirish, foiz va komissiya to‘lovlarini amalga oshirishning prognoz jadvali;

“Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”.

Ma’lum bo‘lishicha, hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14-yanvardan kuchga kirgan.
 


Bu ham qiziq

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!