$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda davlat xaridlari oshmoqda

18:31 / 08.01.2022

O‘zbekistonda 2021-yil mobaynida davlat xaridlari bo‘yicha bir milliondan ortiq bitimlar tuzilgan. Respublika tovar-xom ashyo birjasining xabar qilishicha, ushbu xaridlarni amalga oshirish uchun jami 11,0 trillion so‘mlik mablag‘ sarflangan.

Shuningdek, 2021-yildagi bitimlar hajmi 2,6 baravar o‘sgan bo‘lib, ularning soni 2020-yilga nisbatan 33,6 foizga ko‘pdir. Amalga oshirilgan elektron davlat xaridlarining 60 foizi korporativ buyurtmachilar, 40 foizi esa byudjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan.

Ma’lum qilinishicha, eng ko‘p davlat xaridi quyidagi sohalarda bo‘lgan:

- sog‘liqni saqlash sohasida – 1 trillion 102,5 milliard so‘m;
- oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida – 504,1 milliard so‘m;
- xalq ta’limi tizimida – 356,3 milliard so‘m.

Hududlar bo‘yicha qaralganda esa eng yirik bitimlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (41,9%), Navoiy (13,2%), Farg‘ona (5,7%) va Samarqand (5,4%)  viloyatlarida tuzilgan.

Bundan tashqari, xabarda Davlat xaridlarini elektron savdo tizimi – xarid.uzex.uz’da amalga oshirish hisobiga 1,7 trillion so‘mlik byudjet va korporativ buyurtmachilar mablag‘lari tejalganligi ham aytib o‘tilgan.

Ma’lumot o‘rnida, xarid.uzex.uz yagona portali O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi tomonidan joriy etilgan bo‘lib, bundan maqsad buyurtmachi va yetkazib beruvchilarning davlat xaridlarida ishtirokini soddalashtirish hisoblanadi. Mazkur portalda davlat xaridlarining barcha turlari birlashtirilgan va mahsulotlarning barcha parametrlarini aks ettiruvchi tovarlar va xizmatlarning yagona klassifikatori joriy qilingan. Foydalanuvchilar davlat xaridlari bo‘yicha yagona portalida bir marotaba ro‘yxatdan o‘tib, birjaning hisob-kitob kliring palatasida yagona hisobvarag‘idan foydalanishlari mumkin.


Bu ham qiziq

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!