$
12620.01 UZS
-42
135.74 UZS
-1.91
13522.34 UZS
-71.59
22° Kechasi 12°

O‘zbekistonda ikkilamchi bozorga ipoteka kreditlarini ajratish noma’lum muddatga to‘xtatildi

17:16 / 31.01.2022

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ O‘zbekistonda ikkilamchi bozorga ipoteka kreditlarini ajratish ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi moliyalashtirish manbalari aniqlangunga qadar to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Ma’lumki, O‘zbekistonda ipoteka bozorini takomillashtirish maqsadida, Moliya vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki xamkorligida O‘zbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi va uni 2019–2021-yillarda amalga oshirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Konsepsiyaga muvofiq Dasturning asosiy vazifalaridan biri etib, O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 13-maydagi PQ-5715-sonli qarori ilovasi bilan belgilangan yo‘l xaritasiga asosan “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi”ni ta’sis etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.

Dasturga muvofiq, Kompaniya faoliyatini boshlash uchun dastlabki bosqichda Osiyo taraqqiyot bankining 150 million AQSh dollari miqdoridagi qarz mablag‘lari tijorat banklarining maqbul ipoteka kreditlari portfelini qayta moliyalashtirish uchun ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu resurslarni bosqichma-bosqich 2023-yilning birinchi choragi yakuniga qadar o‘zlashtirish rejalashtirilgan edi.

“Biroq, aholining ipoteka krediti hisobiga ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olishga bo‘lgan katta qiziqishi hamda tijorat banklari tomonidan aholining ushbu talabini qondirish maqsadida faol kreditlar ajratishi natijasida, Dasturda nazarda tutilgan mablag‘lar muddatidan avval, ya’ni 2022-yilning birinchi choragi davomida o‘zlashtirib bo‘linishi kutilmokda. Ushbu haqida tijorat banklari 2021-yilning dekabr oyida, Dastur bo‘yicha qoldiq mavjud resurslar doirasida yetarlicha maqbul ipoteka krediti portfellari shakllantirishi lozimligi yuzasidan Kompaniya tarafidan yozma ravishda xabardor qilingan edi”, – deyiladi “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ munosabatida.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda Kompaniya Moliya vazirligi va boshqa institutlar bilan birgalikda, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar bilan ham, ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish maqsadida resurslarni jalb qilish bo‘yicha faol ravishda tegishli ishlarni olib bormoqda.


Bu ham qiziq

Ukrainada qimor o‘yinlari bo‘lgan 2,5 mingdan ortiq saytlar bloklandi

Ukrainada qimor o‘yinlari bo‘lgan 2,5 mingdan ortiq saytlar bloklandi

Ukrainada qimor o‘yinlariga kirishni ta’minlaydigan 2,5 mingdan ortiq saytlar bloklandi, deya xabar berdi mamlakat bosh prok…
17:54 / 28.04.2024
Indoneziyada Ruang vulqoni otildi

Indoneziyada Ruang vulqoni otildi

Qayd etilishicha, u tutun va kul ustunini 19 kilometr balandlikka uloqtirgan.
14:02 / 30.04.2024
Tanqidlarni yengib o‘tgan mashhurlar

Tanqidlarni yengib o‘tgan mashhurlar

Siz ular haqida bilasizmi?
10:12 / 29.04.2024
Plastik idishlarni utilizatsiya qilmaydigan mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Plastik idishlarni utilizatsiya qilmaydigan mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Hisobot mualliflariga ko‘ra, joriy yilda dunyoda 220 million tonna yangi chiqindilar hosil bo‘ladi.
12:28 / 30.04.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi qancha?

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi qancha?

Toshkentda o‘rtacha oylik ish haqi 8 million so‘mdan oshdi.
12:29 / 29.04.2024
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi

Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi

Bu bo‘yicha Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.
16:32 / 30.04.2024
Kolumbiyada vertolyot qulashi oqibatida 9 askar halok bo‘ldi

Kolumbiyada vertolyot qulashi oqibatida 9 askar halok bo‘ldi

Vertolyotning qulashi sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
12:36 / 30.04.2024
Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri hibsga olindi

Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri hibsga olindi

Turgumbayev 2022-yil yanvar oyidagi fojiali voqealarda mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblanmoqda.
10:11 / 30.04.2024
Qaysi hududda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni ko‘proq?

Qaysi hududda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni ko‘proq?

2024-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, ularning soni 298 338 ta.
14:55 / 29.04.2024
Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidga hujum qildi. Qurbonlar bor

Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidga hujum qildi. Qurbonlar bor

“Tolibon” ichki ishlar vazirligi matbuot kotibining xabar berishicha, bir guruh qurolli shaxs masjiddagi namozxonlarga hujum…
11:23 / 30.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!