$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda ilk bor robot-xirurg yordamida murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi

15:21 / 28.09.2022

O‘zbekistonda ilk bor Janubiy Koreyaning Meere kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan robot-xirurg yordamida murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.


Qayd etilishicha, zamonaviy tibbiyotning bu imkoniyatidan unumli foydalanish maqsadida Koreyaning Meere kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Revo-i rusumli robot-xirurg O‘zbekistonga olib kelingan.

Shuningdek, Toshkent shahri Yakkasarov tumanida joylashgan Shox International Hospital klinikasida o‘rnatilgan O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoda ham noyob bo‘lgan ushbu texnologiya yordamida bir haftada 8 nafar bemorda o‘tkazilgan murakkab turdagi jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlanib, dardiga davo topgan. Bunday operasiyani birinchilardan bo‘lib AQSH 2000 yilda o‘tkazgan.

Mazkur klinikada 28-sentyabr, chorshanba kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari, Koreyaning Meere kompaniyasi vakillari, ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari rahbarlari, bir qator malakali professor-shifokorlar va jamoatchilik faollari ishtirokida o‘zbek tibbiyoti tarixidagi muhim voqea — O‘zbekistonda ilk bor robot-xirurg texnologiyasi ish boshlashiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tgan.

Klinika mutasaddilari ushbu innovasion texnologiya muassasadagi barcha operasion blok mutaxassislari tomonidan o‘zlashtirilishini maqsad qilgan.

Negaki, operasiyada butun jamoa ishtirok etadi, amaliyot natijasi va bemor salomatligi har birining kasbiy mahoratiga bog‘liq. Keyinchalik esa bu mutaxassislar O‘zbekistondagi boshqa hamkasblari bilan o‘z tajribalarini bo‘lishishi ko‘zda tutilgan.

Robot-xirurg yordamida bajariladigan onkologik amaliyotlar o‘simta yana takrorlanmasligi uchun uni butunlay olib tashlashi, asab tugunlariga va bemor hayoti uchun muhim bo‘lgan boshqa organlarga ta’sir qilmasligi, minimal qon yo‘qotish bilan kechishi, bemorning amaliyotdan keyingi tiklanishi hamda butkul sog‘ayishini tezlashtirishi bilan katta ahamiyatga egaligi ta’kidlangan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda robotoxirurgiyaning taraqqiy etishi ikki omilga bog‘liq. Birinchisi — texnologiyani boshqara oladigan mutaxassislar tayyorlash bo‘lsa, ikkinchisi — mamlakat tibbiyotida robotlar sonining ortishi ma’lum qilingan.

Bu borada dastlabki qadam tashlangani endigi vazifa — robot bilan birga operasiya qiluvchi ko‘p sonli xirurglar zaxirasini shakllantirish va innovasion texnologiya onkologiya va onkourologiya yo‘nalishlaridagina emas, milliy tibbiyotimizning barcha jabhalarida faol qo‘llash maqsadi ko‘zlangani aytilgan.


Bu ham qiziq

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!