$
12011.65 UZS
48.49
₽
143.17 UZS
0.84
€
13462.66 UZS
72.3
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

09:14 / 16.10.2026

O‘zbekistonda xodimlarning huquq va qadr-qimmatini himoya qilish, ish joylarida tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishning oldini olishga qaratilgan Milliy dasturni amalga oshirish boshlandi. Toshkentda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va rivojlanish bo‘yicha hamkorlarning 70 ga yaqin vakili ishtirokida dasturni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi, Inson kapitalini rivojlantirish loyihalar ofisi bosh koordinatori Nozimaxon Davletova har bir tashkilotda o‘zaro hurmat madaniyatini shakllantirish muhimligini ta’kidlab, o‘z nutqida shunday dedi:

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan islohot tufayli biz har bir insonga, erkak yoki ayol bo‘lishidan qat’i nazar, institutlararo hurmatni shakllantirish mexanizmini yaratmoqdamiz. Bu har bir tashkilotda me’yorga aylanishi kerak. O‘zaro hurmat madaniyati Yangi O‘zbekistonimiz uchun sog‘lom jamiyat va kelajakning kuchli kadrlarini shakllantiradi”.

Dasturning muhim yangiliklari:

Joriy yil dekabrigacha xodimlar ish joyidagi qonunbuzilishlar haqida anonim xabar berishi mumkin bo‘lgan “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” raqamli portali ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

14 ta hududda 700 nafar fasilitator tayyorlanadi. Ular davlat tashkilotlarida inson resurslarini boshqarish va xavfsiz ish muhitini yaratish uchun mas’ul 35 ming nafar xodimni o‘qitadi.

Xodimlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ko‘rilgan choralarni kuzatish mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi.

Tadbirda Oliy sud raisi Robaxon Mahmudova, Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi doimiy vakili Nigina Abasazade va BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabin Mahl ham ishtirok etib, qonunchilikda belgilangan kafolatlarni amalda ishlaydigan mexanizmlarga aylantirish hamda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladilar.

Milliy dastur Prezidentning 2026-yil 21-sentabrdagi PQ–345-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-sentabrdagi 518-son qarori asosida amalga oshiriladi.

 


Bu ham qiziq

Mirziyoyev Osiyoda ishonch va hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi

Mirziyoyev Osiyoda ishonch va hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning (OHIChK) yettinchi sam…
16:14 / 15.10.2026
O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

Xodimlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ko‘rilgan choralarni kuzatish mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi.
09:14 / 16.10.2026
Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Angliyaning Manchester shahrida yashagan 30 yoshli Chelsi Tantum teri saratonining xavfli turi — melanomadan vafot etdi. U 1…
09:58 / 16.10.2026
O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazo kuchaytirildi

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazo kuchaytirildi

O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonun kuchga kirdi. Hujjat bilan 5 ta…
09:22 / 15.10.2026
Ertaga, 15-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Ertaga, 15-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7…
15:56 / 14.10.2026
Markaziy bank kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasini ishlab chiqdi

Markaziy bank kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasini ishlab chiqdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan kichik va o‘rta biznesni (KO‘B) qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasin…
11:31 / 14.10.2026
Prezident administratsiyasi rahbari Turkiya Respublikasi Prezidenti Kotibiyati rahbari hamda Prezident Administratsiyasi Bosh kotibi bilan uchrashdi

Prezident administratsiyasi rahbari Turkiya Respublikasi Prezidenti Kotibiyati rahbari hamda Prezident Administratsiyasi Bosh kotibi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Erdo‘g‘an bilan uchrashuvdan so‘ng, Turkiya Respublikasi Prezidenti Kotibiyati rahbari hamda Prezident Adm…
09:23 / 16.10.2026
Mister Global 2026 g‘olibi aniqlandi: bosh sovrin turkiyalik modelga nasib etdi

Mister Global 2026 g‘olibi aniqlandi: bosh sovrin turkiyalik modelga nasib etdi

Turkiyalik 21 yoshli model Dilxan Divrikli Tailandda o‘tkazilgan Mister Global 2026 xalqaro erkaklar go‘zallik tanlovida g‘o…
16:19 / 15.10.2026
Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti bilan uchrashdi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashganimdan xursandman. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning en…
09:11 / 16.10.2026
Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 1,4 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 1,4 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida baliqxona va savdo do‘konida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.…
16:52 / 15.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!