$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda keyingi 5 yilda qancha magistral suv tarmoqlari ta’mirlanishi ma’lum bo‘ldi

16:27 / 07.01.2022

O‘zbekistonda keyingi 5 yil davomida 1386 kilometr magistral suv tarmoqlari kapital ta’mirlanadi. Bu haqda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasida so‘z boradi.

Loyihaga ko‘ra, suv yo‘qotish darajasi yuqori bo‘lgan 11 ta yirik shaharlarga (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Navoiy, Jizzax, Qarshi, Nukus, Urganch va Chirchiq shaharlarida) sun’iy yo‘ldosh orqali yo‘l qoplamalarini buzmasdan hamda yo‘l infratuzilmalariga zarar yetkazmasdan suv sirqish nuqtalarini aniqlash va har yili isrof bo‘layotgan 41,4 million kub metr ichimlik suvini tejash reja qilingan.

Qayd etilishicha, respublikaning barcha shahar va tumanlarida jami 4629 kilometr magistral suv tarmoqlari ta’mirtalab bo‘lib, 5 yil davomida 1386 kilometr qismini yo‘l qoplamalarini buzmasdan va yo‘l infratuzilmalariga zarar yetkazmasdan kapital ta’mirlanadi.

Shuningdek, respublikaning barcha shahar va tumanlarida jami 1919 kilometr oqova suv tarmoqlari ta’mirtalab bo‘lib, 5 yil davomida 960 kilometr qismini yo‘l qoplamalarini buzmasdan va yo‘l infratuzilmalariga zarar yetkazmasdan kapital ta’mirlanadi.

Bundan tashqari, respublikada yiliga 1,6 milliard kub metr toza ichimlik suvi ishlab chiqarilib, suvni yetkazib berish jarayonida isrof qilinadigan 469,8 million kub metr (31,2 foiz) suvni tejash choralarini ko‘riladi. Bunda ko‘riladigan yillik 272,5 milliard so‘mga teng moliyaviy zararni bartaraf etiladi.

Shuningdek, kommunal sohaga transfer qilingan Isroil texnologiyasini Toshkent shahri, Samarqand viloyati Urgut tumani va Andijon shahrida orttirilgan tajriba asosida 2022-yildan respublikaning boshqa hududlarida ham qo‘llash choralari ko‘riladi.


Bu ham qiziq

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!