$
12621.29 UZS
-103.87
158.44 UZS
-0.21
14596.52 UZS
88.57
35° Kechasi 21°

O‘zbekistonda o‘lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinadi

17:38 / 28.02.2022

Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 25-fevraldagi 89-son, qaroriga ko‘ra, O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqida “UzA” axborot agentligi  xabar bermoqda.

Mazkur reglamentga ko‘ra, tibbiyot muassasasi xodimi – o‘lim holati tasdiqlangandan so‘ng, vafot etgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni FHDYO bo‘limiga avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi.

Shu bilan birga, FHDYO bo‘limi – axborot tizimi orqali avtomatik ravishda o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va ma’lumotni tibbiyot muassasasi va Pensiya jamg‘armasiga elektron shaklda yuboradi. Tibbiyot muassasasi xodimi – QR-kod tasviri tushirilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnomani ariza beruvchilarga darhol ikki nusxada chop etib beradi.

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi – har oyning 5-sanasigacha o‘tgan oyda ushbu hududda to‘langan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy miqdoridan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni Tijorat bankining hisob-varag‘iga moliyalashtiradi.

Qayd etilishicha, tijorat banki – QR-kod tushirilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma asosida Pensiya jamg‘armasiga elektron so‘rov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobidan nafaqa to‘lovini amalga oshiradi.

Shuningdek, FHDYO bo‘limi vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxo‘rlarining istalgan vaqtdagi talabiga asosan eksterritorial tamoyil asosida o‘lim haqidagi gerbli guvohnomani chop etib beradi yoki pochta aloqasi orqali arizada ko‘rsatilgan manzilga yuboradi.

Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-apreldan Toshkent shahrida, 2022-yil 1-iyuldan esa butun respublika hududida tibbiyot muassasalari tomonidan o‘lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinib, faqat elektron tizim orqali o‘lim haqida tibbiy ma’lumotnoma shakllantirish tartibi joriy etiladi.


Bu ham qiziq

Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Hozirda mazkur ish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda
20:40 / 05.08.2025
Avaza shahrida Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhammedov o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi

Avaza shahrida Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhammedov o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari strategik sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
19:01 / 05.08.2025
Braziliya sobiq prezidenti qamoqqa olindi

Braziliya sobiq prezidenti qamoqqa olindi

U o‘g‘illarining ijtimoiy tarmoqlaridagi postlari sababli aybdor deb topilgan va uy qamog‘iga hukm qilingan.
12:38 / 05.08.2025
Erdo‘g‘an Kiyevga boradi

Erdo‘g‘an Kiyevga boradi

Tashrif doirasida erkin savdo bitimi va Rossiya-Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha masalalar muhokama qilinishi bildirild…
12:35 / 05.08.2025
2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy yaqqol yetakchi
22:44 / 05.08.2025
Samarqandda yangi avtovokzal ishga tushdi

Samarqandda yangi avtovokzal ishga tushdi

Yangi avtovokzalning ishga tushirilishi natijasida 300 nafar aholi uchun doimiy ish o‘rni yaratilgan.
11:58 / 05.08.2025
6-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

6-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
21:59 / 05.08.2025
Maktabdagi hashar ortidan direktor ishdan olindi

Maktabdagi hashar ortidan direktor ishdan olindi

Xabarlar yuzasidan Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
09:24 / 05.08.2025
Putin Trampning ultimatumi talablarini bajarish niyatida emas

Putin Trampning ultimatumi talablarini bajarish niyatida emas

Kreml shuningdek, Trampning ultimatumni amalga oshirishiga ishonmaydi, chunki u avvallar ham shunday tahdid qilgan, ammo hec…
17:41 / 05.08.2025
O‘zbekistonga o‘qish maqsadida qaysi davlat fuqarolari ko‘proq kelyapti?

O‘zbekistonga o‘qish maqsadida qaysi davlat fuqarolari ko‘proq kelyapti?

Top-10 talikdan 3 ta qo‘shni davlat fuqarolari bor
19:48 / 04.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!