O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan AQSh huquq-tartibot idoralari hamda AQShning Toshkentdagi elchixonasi bilan hamkorlikda qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va O‘zbekistonga qaytarish ishlari davom ettirilmoqda.
Idora ma’lumotiga ko‘ra, navbatdagi tezkor tadbir natijasida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs AQShda ushlangan.
Ma’lum qilinishicha, 1989-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi 2023-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan. U Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida aniqlanib, ushlangan va belgilangan tartibda O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
Qayd etilishicha, ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan shaxslarni qidirish, ularni javobgarlikka tortish bo‘yicha xalqaro hamkorlik doirasidagi tezkor-qidiruv tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!