$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda qolayotgan afg‘onistonlik qochqinlar yurtiga majburan qaytarilmaydi – Ismatilla Ergashev

16:09 / 17.12.2021

O‘zbekistonda qolayotgan afg‘onistonlik qochqinlar yurtiga majburan qaytarilmaydi – Ismatilla Ergashev
Tolibon hukumati esa qochqinlar qaytsa va davlatiga xizmat qilsa, ularni kechirishini aytgan.

Bugun, 17-dekabr kuni AOKAda BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Termiz shahridan Mozori-Sharifga gumanitar yordamini yetkazish jarayonlari yuzasidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida  O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev afg‘on qochoqlari haqida to‘xtalib o‘tdi. 

–  O‘zbekiston hududida yashab kelayotgan afg‘onistonliklarni majburiy ravishda, kuch bilan qaytarish rejada yo‘q. Shu bilan birgalikda, aniqlik kiritib o‘tishni istardim, hozirda Termiz shahrida afg‘on qochqinlarining ommaviy ravishda yashab kelayotganlari yo‘q, ya’ni maxsus lagerlar yo‘q. 
14-15 avgust kunlari bevosita Amudaryodan kechib o‘tgan taxminan 150 nafar afg‘on qochqinlari bor edi. Ma’lumki, bir qancha afg‘onlar xorij mamlakatlariga chiqib ketishdi. Lekin bizning hududimizga o‘tgan 150 nafar afg‘onlarning moliyaviy imkoniyatlari juda tor. Ularning oilalari, farzandlari Afg‘onistonda qolib ketgan. Ular aytishyaptiki, Tolibon hukumati ularning xavfsizligini ta’minlab berishsa. Ular o‘zlariga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik bo‘lmasa, mamlakatlariga qaytish niyatida ekanliklarini aytishmoqda. Chunki ularning, yuqorida aytganimizdek, AQSh yoki Yevropaga ketishga moliyaviy imkoniyatlari yetmaydi, – dedi Ismatulla Ergashev.

Shuningdek, Ismatulla Ergashev O‘zbekistonda qolayotgan afg‘onistonlik qochqinlar yurtiga majburan qaytarilmasligini ma’lum qildi. Bundan tashqari Tolibon hukumati ham qochqinlar qaytsa va davlatiga xizmat qilsa, ularni kechirishini aytgan.

–  Men Tolibon rahbarlari bilan gaplashdim. Ular ushbu qochqinlarni agar vatani, xalqi uchun xizmat qilishga tayyor bo‘lishsa, ular avf etilishi haqida va’da berishdi. Dastavval ishonch kamroq bo‘lgani uchun kichik guruhlarda o‘tkazdik va kuzatdik. Haqiqatda ularga nisbatan hech qanday zug‘um bo‘lmagani, siquvga olinmaganiga guvoh bo‘ldik. Shu tariqa barcha 150 nafar afg‘onni o‘z mamlakatiga o‘tkazib yubordik.
O‘zbekiston hududida yashab kelayotgan afg‘onlarga esa tegishlicha turli xalqaro institutlar boshqa davlatlardan qochoq maqomini olishlari uchun yordam beradi. O‘zbekiston hukumati esa ularning orasidagi viza olish huquqi bo‘lganlariga ko‘maklashadi. Ya’ni vizasi tugaganlar majburiy ravishda mamlakatdan chiqarib yuborilmaydi, – dedi Ergashev.


Bu ham qiziq

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!