$
11838.92 UZS
-64.23
₽
147.05 UZS
0.3
€
13248.94 UZS
-80.21
31° Kechasi 18°

Oʻzbekistonda Rossiyaning “Pasport-viza xizmati” korxonasi akkreditatsiyadan oʻtdi

17:49 / 23.06.2022

Joriy yil 20-iyun kuni O‘zbekiston TIVning konsullik-huquqiy departamentida Rossiya Ichki ishlar vazirligining “Pasport-viza xizmati” federal davlat unitar korxonasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi maslahatchisi Oleg Kostyuk bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Uchrashuvda Rossiya Ichki ishlar vazirligining “Pasport-viza xizmati” federal davlat unitar korxonasi vakiliga ushbu tashkilot TIV huzurida rasmiy akkreditatsiyadan o‘tgani haqidagi sertifikat topshirilgan.

Oleg Kostyuk akkreditatsiyadan o‘tkazilganlik uchun minnatdorlik bildirib, vakolatxona nafaqat o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini uyushgan ravishda jalb qilish bo‘yicha “pilot loyiha” doirasida faol ishtirok etish, balki fuqarolar uchun turli xizmatlar, xususan, konsalting va axborot xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish niyatida ekanini ta’kidlagan.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining “Pasport-viza xizmati” davlat unitar korxonasining asosiy faoliyati jismoniy va yuridik shaxslarga migratsiya sohasida axborot va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, Ichki ishlar vazirligiga taqdim etilgan arizalar va boshqa hujjatlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadigan yagona tuzilmadir.

Ayni paytda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Rossiya Ichki ishlar vazirligining “Pasport-viza xizmati” federal davlat unitar korxonasi bilan mamlakatdan Rossiyaga 10 ming quruvchini ishga jalb qilish bo‘yicha “pilot loyiha” doirasida hamkorlik qilmoqda.

“Pilot loyiha” mehnat migrantlarining Rossiyaga kirish mexanizmini optimallashtirish, ish beruvchilar bildirgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda mutaxassislar malakasini oshirish, shuningdek, yurtdoshlarimizning Rossiya hududiga borishi uchun zarur bo‘lgan protseduralarni o‘tkazishga qaratilgan. Barcha zarur tibbiy va huquqiy protseduralar, shuningdek, jalb etilgan o‘zbekistonlik mutaxassislarning malaka tekshiruvlari Toshkentda amalga oshiriladi.


Bu ham qiziq

Ta’lim vaziriga xodimlarni suhbat asosida ishga olish vakolati berildi.

Ta’lim vaziriga xodimlarni suhbat asosida ishga olish vakolati berildi.

Prezident qarori bilan, ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovga istisno vakolat berildi: u 2027-yil 1-fevralgacha vazir…
15:38 / 21.10.2026
O‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi

O‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni…
15:06 / 21.10.2026
60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

Namangan viloyati hududida joylashgan qadimiy Axsikent shahri 1620-yilda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan.…
10:54 / 23.10.2026
NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026
O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026
22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026
FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

2027 yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan FIFA U-20 Jahon chempionati 17-sentabrdan 9-oktabrgacha davom etadi. B…
23:44 / 22.10.2026
Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron 22-oktabr kuni Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri yonib ketgani yoki shikastlanganini ma’lum qildi. Hodisalarga Eron …
23:59 / 22.10.2026
Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Labo haydovchisi boshqaruvni yo‘qoti…
15:55 / 21.10.2026
Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Fransiyalik jurnalist, “Georama” nashriyoti asoschisi va direktori Didye Labush “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro …
10:18 / 22.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!