$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda shakarning chakana narxi tushdi

17:57 / 07.07.2023

O‘zbekistondagi bozorlarda shakarning chakana narxi 12 000-13 500 so‘mgacha tushdi va hozirda shakar zavodlarida 389 ming tonna shakar mahsuloti resurslari mavjud. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi maʼlumotlariga tayanib Sputnik xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugungi kunda ichki bozorlarda shakarning chakana narxi 12 000-13 500 so‘mgacha tushgan. Yil boshiga (13 500 – 14 500 so‘mni) nisbatan 10 foizga pasaygan.

“Bugungi kunda mahalliy shakar zavodlari shakar xomashyosini Braziliya davlatidan xarid qilishmoqda. Xususan, 3 iyul holatiga mazkur zavodlarda 389 ming tonna shakar mahsuloti resurslari mavjud hamda arzon narxlarda xomashyo yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar imzolangan”, — deyiladi xabarda.

Shundan, omborda 3 ming tonna tayyor shakar va 72 ming tonna xomashyo, avgust oyiga qadar 314 ming tonna xomashyo yetkazib beriladi.

Respublikada shakar ishlab chiqaruvchi zavodlar imkoniyati

Hozirda “Xorazm shakar” MCHJ va “Angren shakar” MCHJning yillik umumiy ishlab chiqarish quvvati 900 ming tonnadan ortiq. Korxonalarning ichki ehtiyojni (o‘rtacha 650 ming tonna) 138 foizdan ortig‘ini qoplash imkoniyati mavjud.

Birja savdolariga qo‘yilayotgan shakar holati

Bugungi kunda (3 iyul) birja savdolarida kunlik qo‘yilayotgan 2600 tonna shakar mahsulotining 2100 tonna yoki 68 foizi 1 kg uchun o‘rtacha 10 666 so‘mdan realizatsiya qilinib, o‘rtacha boshlang‘ich narxga (11 001 so‘m) nisbatan o‘sish 3 foizni tashkil etmoqda.

Mahalliy korxonalar tomonidan joriy yil yanvar-iyun oylarida birja savdolariga jami 336,7 ming tonna shakar qo‘yilib, ulardan 280,1 ming tonna (83 foizi) sotilgan.

Iyun oyida shakarning 1 tonnasi uchun o‘rtacha sotilish narxi spot bitimlarida 11,5 million so‘mgacha (may oyida – 13,3 million so‘m) o‘rtacha 14 foizga va forvard bitimlarida 10,7 million so‘mgacha (may oyida – 12,5 million so‘m) o‘rtacha 15 foizga pasayganligi kuzatilmoqda.

Statistika agentligiga ko‘ra, yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 265,1 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan. Mazkur ishlab chiqarish 2022 yilning tegishli davriga nisbatan 2,2 % ga oshgan.

May oyining o‘zida yirik korxonalar tomonidan 62,7 ming tonna shakar ishlab chiqarildi.

Yanvar oyida dehqon bozorlarida shakarning narxi (1 kg) 11 000 – 14 000 so‘mga teng bo‘lgan.


Bu ham qiziq

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!