$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
23° Kechasi 14°

O‘zbekistonda yana uchta tumanga yangi hokim tayinlandi

16:15 / 31.01.2022

Nurota, Angren va Denov tumanlariga yangi hokim tayinlandi. 

Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyati Xalq deputatlari Nurota tumani Kengashining navbatdan tashqari o‘ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tgan.

Unda tashkiliy masala ko‘rilgan. Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Umarbek Xalilov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etilib, Nurota tuman hokimi lavozimiga Azamat Fayziyev tasdiqlandi.


A.Fayziyev bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan ishlash shoʻbasi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shuningdek, Toshkent viloyati Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilib, unda ham tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilgan. Unda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev, deputatlar, shahar hokimligi mutaxassislari, mahalliy davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etgan.

Shu  vaqtga  qadar  Angren  shahar  hokimi  lavozimida  ishlab  kelgan Shukurulla Mahmudov Toshkent  viloyati  hokimiga  qurilish  masalalari  bo‘yicha  o‘rinbosar  etib  tayinlanishi munosabati bilan shahar hokimi lavozimidan ozod qilingan.

Angren shahar hokimi lavozimiga Abduraximov Nuriddin  Karimovich nomzodi ko‘rsatilib, deputatlar tomonidan tasdiqlangan. N. Abduraximov  1978-yilda Piskent  tumanida  tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha moliyachi. Shu vaqtga  qadar Prezident  Administratsiyasining  mas’ul  xodimi  sifatida  faoliyat  yuritib  kelgan.

Xususan, Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining bugun o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida Pardayev Rustam Ubodullayevich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan tuman hokimi vazifasidan ozod qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Allamuradov Abdumalik Abduqodirovich Denov tumani hokimi etib tasdiqlangan.


A.Allamuradov 1977-yil 17-aprelda Termiz tumanida tug‘ilgan. 1998-yilda Toshkent davlat universiteti, 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Prokuratura, Adliya, Ichki ishlar organlari tizimida turli lavozimlarda, 2019-2020 yillar Surxondaryo viloyatidagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri, 2020 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri lavozimida ishlagan.

Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ishtirok etib, so‘zga chiqqan.
Ma’lumot uchun, R.Pardayev 2020-yilning 5-noyabr kunidan Denov tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Bu ham qiziq

Ukrainaning sobiq prezidenti Rossiyada qidiruvga berildi

Ukrainaning sobiq prezidenti Rossiyada qidiruvga berildi

Pyotr Poroshenko 2014-yildan 2019-yilgacha Ukraina prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.
09:43 / 05.05.2024
Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Ma’lumki, birinchi qon guruhi universal bo‘lib, boshqa istalgan qon guruhidagi odamga uni quyish mumkin.
14:33 / 05.05.2024
Qo‘shma shtatlarda yuvoshligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi

Qo‘shma shtatlarda yuvoshligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi

Joi Henni TikTok tarmog‘ida muxlislardan uning do‘stini qaytarib berishlarini yig‘lab so‘ragan videoni joylashtirdi.
14:20 / 04.05.2024
Qandli diabetga chalingan bolalarga sport mumkinmi?

Qandli diabetga chalingan bolalarga sport mumkinmi?

Mutaxassis bu bo‘yicha ma’lumot berdi.
12:41 / 05.05.2024
Politsiyachilar endi Microsoft’dagi AI’ning yuzni tanib olish dasturidan foydalana olmaydi

Politsiyachilar endi Microsoft’dagi AI’ning yuzni tanib olish dasturidan foydalana olmaydi

Microsoft nega ushbu qarorga kelganini izohlamadi.
14:38 / 05.05.2024
Aktyor Dueyn Jonson mas’uliyatsizlikda ayblanmoqda. U tufayli “Qizil” filmi 50 million dollar zarar ko‘rgan

Aktyor Dueyn Jonson mas’uliyatsizlikda ayblanmoqda. U tufayli “Qizil” filmi 50 million dollar zarar ko‘rgan

Natijada “Qizil” filmi xarajatlari 200 million dollardan 250 million dollarga oshib ketdi.
16:50 / 05.05.2024
Mo‘g‘ulistonda 7 milliondan ortiq chorva mollari nobud bo‘lgan

Mo‘g‘ulistonda 7 milliondan ortiq chorva mollari nobud bo‘lgan

2023-yilda mamlakatda chorva mollarining umumiy soni 64,7 million boshni tashkil etgan.
14:40 / 04.05.2024
Eronda osmondan “baliq yog‘di”

Eronda osmondan “baliq yog‘di”

Bu mamlakatda kuzatilgan ilk holat emas.
11:34 / 05.05.2024
G‘azoda 10 ming kishi bedarak yo‘qolgan yoki vayronalar ostida qolib ketgan

G‘azoda 10 ming kishi bedarak yo‘qolgan yoki vayronalar ostida qolib ketgan

Yaradorlar soni esa 77 ming 867 kishini tashkil etmoqda.
15:17 / 04.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!