$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda yirtqich va zaharli hayvonlarni uy sharoitida saqlashga taqiq qo‘yilishi mumkin

14:34 / 28.04.2022

“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun 43-moddasida yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlashga Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ruxsatnomasi asosida yo‘l qo‘yilishi belgilangan.

Qo‘mitaning taʼkidlashicha, qonunchilik hujjatlarida fuqarolar tomonidan yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni uy sharoitida saqlash hamda ulardan foydalanish masalasi huquqiy tartibga solinmasdan qolmoqda.

Shu bois, mazkur qonunning 43-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni saqlash hamda foydalanish taqiqlanadi.

Bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Yaʼni, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan hayvonot bog‘lari, terrariumlar, sirklar, okeanariumlar, delfinariylar va tabiiy pitomniklar hamda ilmiy va o‘quv maqsadlari uchun ilmiy va taʼlim tashkilotlari yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ruxsatnomasi asosida, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tashkil etiladigan maxsus pitomniklarda saqlashi hamda foydalanishi mumkin.

Shuningdek, mazkur qonunning Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari doirasiga “saqlash va foydalanish taqiqlangan yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni ro‘yxatini tasdiqlash” ham kiritilmoqda.

Maʼlumot uchun, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasida Hukumat yoki ekologiya sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatda nazarda tutilgan yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlash taqiqlangan.


Bu ham qiziq

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!