$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

O‘zbekistondagi eng yirik sement zavodining 86,9 foiz aksiyasi sotiladi

09:28 / 26.12.2021

O‘zbekistondagi eng yirik sement zavodi — “Qizilqumsement” korxonasining ustav kapitalidagi 86,9 foiz aksiyalar paketini xususiylashtirishga tayyorlash jarayoni boshlandi. Bu haqida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi UzAssets investitsiya kompaniyasi matubot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 27-oktyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni doirasida “Qizilqumsement” korxonasi ustav kapitalidagi 86,9 foiz aksiyalar paketini xususiylashtirishga tayyorlash va to‘liq xususiy sektorga sotish ko‘zda tutilgan.
Farmonda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi UzAssets investitsiya kompaniyasi va

“Qizilqumsement” tomonidan korxona joriy holatining kompleks tahlilini (due diligence) o‘tkazish maqsadida Deloitte xalqaro konsalting kompaniyasi maslahatchi sifatida jalb etilgan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, maslahatchi tomonidan korxonaning joriy holati to‘g‘risida batafsil hisobot, shuningdek, korxonani xususiylashtirishda e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan asosiy omillar bo‘yicha bir qator tavsiyalar tayyorlangan.
Xususan, maslahatchi tomonidan O‘zbekiston sement bozorida katta hajmdagi yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi bilan bog‘liq raqobatning sezilarli darajada keskinlashuvi qayd etilgan. Shuningdek, korxona mintaqaning ijtimoiy sohasi uchun muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.

Bundan tashqari, UzAssets investitsiya kompaniyasi va “Qizilqumsement” tomonidan korxonani baholash uchun Grant Thornton mustaqil xalqaro baholash kompaniyasi jalb qilingan. Korxonaning, shu jumladan, davlatga tegishli bo‘lgan aksiya paketining bozor qiymatini baholash bo‘yicha hisobot tayyorlangan.

Shu bilan birga, UzAssets tomonidan, maslahatchi ko‘magida korxonaning ustav kapitalidagi ulushni sotib olish bo‘yicha kelib tushgan takliflar korxona faoliyati tahlili jarayonida belgilab olingan asosiy mezonlarga va tarmoqni strategik rivojlantirish maqsadlariga muvofiqligini o‘rganish yakunlanmoqda. Ushbu jarayonning keyingi bosqichlari to‘g‘risida ma’lumotlar yaqin muddatlarda rasmiy veb-sayt va OAVlarda qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.


Bu ham qiziq

Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda jazoni ijro etiş koloniyasida ötirib, uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan mahkum va uning…
16:10 / 19.11.2026
Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Özbekistonda birlamçi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş maqsadida 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma…
10:19 / 19.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026
Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston Turkiya kompaniyalarini qişloq xöjaligi, infratuzilma va quriliş sohalaridagi qöşma loyihalarga jalb etmoqçi. Bu …
14:19 / 19.11.2026
Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan özbek tilidagi 6 milliardga yaqin sözni öz içiga olgan yirik oçiq matnli ma’lumot…
11:29 / 20.11.2026
Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan inv…
15:04 / 20.11.2026
AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

Özbekistonda AI-80 markali benzin birja savdolariga çiqarildi. Biroq uşbu mahsulot avtomobillarga yoqilği sifatida quyiş şox…
14:50 / 20.11.2026
Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilin…
09:49 / 20.11.2026
Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026
Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Özbekistonda yirik strategik loyihalarni mahalliy quriliş materiallari bilan ta’minlaş böyiça yangi vazifalar belgilandi. Xu…
15:26 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!