$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O'zbekistonga cho'chqaga o'xshash qo'ylar kirib kelayotgani aytilmoqda

12:58 / 10.01.2023

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda cho‘chqa bilan qo‘yni chatishtirishgani, tug‘ilgan yangi turdagi hayvon bir qarashda cho‘chqaga ham, qo‘yga ham o‘xshashi aks etgan video tarqalmoqda. Holat bo‘yicha O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati munosabat bildirib, videoda aytilgan gaplar asossiz ekani, unda “Belteks” qo‘y zoti ko‘rsatilganini ma’lum qildi.

“Hozirgi kunda dunyoda qo‘ylarning 1000 dan ortiq zoti mavjud. “Belteks” qo‘y turi ham xuddi mana shunday oddiy qo‘y zoti. Bu qo‘yning cho‘chqaga hech qanday aloqasi yo‘q”, deyiladi Fatvo hay’atining Telegram-kanalidagi bayonotida.

Qayd etilishicha, farazan ushbu qo‘ylar boshqa hayvonlar bilan chatishtirilgan bo‘lsa ham ulardan tug‘ilgan qo‘zilar shar’an go‘shti halol hisoblanadi. Bu haqda fuqaholar shunday degan:

“Chatishtirilgan hayvonlar borasidagi umumiy qoida shuki, onasining zoti e’tiborga olinadi. Buni fuqaholar ko‘p o‘rinda ochiq aytganlar” (“Raddul muhtor” kitobi).

“Ya’na bir qoida, agarchi hayvonning otasining go‘shti harom, onasiniki esa halol bo‘lsayu ko‘rishida otasiga o‘xshab ketsa ham, bu e’tiborga olinmaydi. Balki unga onasining hukmi beriladi. Bu haqda Durrul muxtor kitobida shunday deyiladi:

"O‘xshashlik ustun bo‘lishining e’tibori yo‘qdir".

Qolaversa, harom va halol go‘shtli hayvonlar chatishtirilganda onasi halol go‘shtli bo‘lsa, uni qurbonlik qilish joiz. Bu haqda "Raddul muhtor" kitobida shunday deyiladi:

"Hidoya va boshqa kitoblarda chatishtirishdan tug‘ilgan (onasining go‘shti halol bo‘lgan) hayvonni qurbonlik qilish joizligini ochiq bayon qilingan. Unda: "Xonaki va vahshiy hayvondan tug‘ilgan hayvon hukmda onasiga ergashadi. Chunki (hayvonlarda) hukmda onaga ergashish — asl qoidadir. Hatto (farazan) bo‘ri qo‘yni homilador qilsa, tug‘ilgan qo‘zini qurbonlik qilish joiz".

Shuningdek, biolog mutaxassislarning ta’kidlashicha, biror bir hayvon turi bilan ikkinchi bir boshqa hayvon turini chatishtirish bilan oraliq alohida bir tur olinmaydi. Bu fan uchun ham nihoyatda qiyin va olingan taqdirda ham u nasl bermaydi. Genetikaning fundamental qonunlari bunga yo‘l bermaydi. Vallohu a’lam”,– deyiladi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati bayonotida.


Bu ham qiziq

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!