$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonga MMA sporti hali ham kirib kelmagan bo‘lardi, agar… - MMA murabbiyi bilan suhbat

21:56 / 28.11.2021

Agar sportchining niyati noto‘g‘ri bo‘lsa, ko‘chada bezorilik qilib yuraveradi, hatto Mahmud Murodov ham bunga amal qilishi shart, yaxshi sportchi bo‘lish mumkin, lekin yaxshi inson bo‘lish qiyin, O‘zbekistonga MMA sporti hali ham kirib kelmagan bo‘lardi, agar… - MMA murabbiyi Jasur Alijonov bilan suhbat.

MMA jangchisini tarbiyalash qiyinmi? Ularning mashg‘ulotlardan ilhomlanib agressiyaga berilib ketmasliklari uchun nima qilish kerak? Xabardor.uz shu kabi savollarga MMA murabbiyi Jasur Alijonov bilan suhbatda javob oldi.

-Assalomu alaykum. Koʻrib turganimizdan mamnunmiz. Dastlab, Jasur Alijonovni tanimaganlar uchun…?

Assalomu alaykum. Albatta, men Jasur Alijonov 1988-yil Toshkent shahrida tugʻilganman. Sportga 12 yoshimdan kirib kelganman. Sportning kikboks, boks, MMA va universal jang kabi turlari bilan shugʻullanganman. 18 yoshimdan murabbiylik faoliyatimni boshlaganman va 26 yoshga toʻlganimda esa professional murabbiy sifatida ish faoliyatimni davom ettirganman. Bir vaqtning oʻzida ham sportchi va ham murabbiy boʻlganligim sababli, ulardan birini tanlash vaqti kelganda men yoshligimdan qiziqqanligim tufayli murabbiylikni tanladim.

-MMA sporti murabbiyi boʻlish uchun qayerda va qanday mashgʻulot oʻtkazish kerak?

-Murabbiy boʻlish uchun avvalo shogird boʻlish kerak. Mendan koʻpchilik sizga shogird tushay va kasbingizni menga oʻrgating deb soʻrashadi, lekin kimgadir nimadandir saboq berish uchun avvalo oʻsha sohada faoliyat yuritish va uni mukammal oʻzlashtirish kerak deyman. Tasavvur qiling sizning 100 nafar shogirdingiz bor, lekin murabbiy bitta. Bu har bir shugʻullanayotgan sportchiga individual yondashish va ularning psixologiyasini oʻrganish degani.

-Siz bilan tayyorgarlik koʻrgan sportchining jang vaqtida sizning koʻrsatmalaringizga reaksiya bildirishi qanday boʻladi? Jang vaqtidagi sizning koʻrsatmalaringiz qanchalik muhim?

-Asalida sport maydonida 2 ta odam bor, bular ustoz va shogird. Agar shogird ustozining aytganini qilmasa u shogird emas. Biz har bir jangga professional va taktik tayyorlanamiz. Agar qoʻl ostimdagi sportchi bilan fikrlarimiz bir joydan chiqmas ekan, ayni bir natijaga erishish mushkul boʻladi. Tajriba jihatidan hattoki bizdan tajribali Mahmud Murodov kabi sportchilar boʻlsin, baribir murabbiyni eshitishi va uning koʻrsatmalariga amal qilishi shart.

-MMA va UFC da jang qiluvchi sportchilarning bir-biridan farqi nimada deb oʻylaysiz?

-UFC bu liga. Masalan bizda “Murodov PFL” ligasi bor. Rossiyada “Fight nights” va “RCC” kabi ligalar bor. Qozogʻistonda “NFC” hamda “Oktagon” kabi ligalar mavjud. MMA esa aralash jang sanʼatining ingliz tilidagi qisqartmasi. UFC eng yuqori liga va bu yerda eng kuchli sportchilar bellashishadi hamda har bitta jang professional reyting boʻyicha qayd etib boriladi. Toʻgʻri UFCda juda katta gonorar olmasligi mumkin. Lekin u yerda kuchli sportchilar kurashishadi. Bizning ham maqsadimi kuchli sportchilarimizni UFC ligalariga olib chiqish.

-Mahmud Murodov, Shohasan Mirzamatov va Nursulton Roʻziboyev. Bu sportchilarning jang qilish taktikasi, umuman ushbu sportdagi boshqa bir sportchilar boʻlsin janglardagi taktikalar opponentga qarab oʻzgaradimi yoki bir xil usulda kurashadimi?

-Bilasizmi agar havaskor sportchi boʻlsa, u janglarga professional tayyorgarlik koʻrishi shart emas deb oʻylayman. Lekin Mahmud Murodov, Shohasan Mirzamatov, Nursulton Roʻziboyev va Ramazonbek Temirov singari sportchilar jangga professional tayyorgarlik koʻrishi kerak. Havaskor MMAchilarning janglari koʻp va bir musobaqa davomida 3-4 talab jang oʻtkazishi ham mumkin. Lekin professional jangchi esa 2-3 oyda bir yoki yil boʻyi 4 ta jang oʻtkazishi mumkin. Chunki profi sportchilarning janglari havaskorlarnikiga nisbatan ogʻirroq boʻladi.

-Hozirgi paytda MMA va UFC sportiga qiziquvchi yoshlarning soni oshib borayotganini hisobga olsak, “qafasdagi janglar”ning mamlakatimizda avj olishi yoshlar oʻrtasida agressivlikni oshirib yubormaydimi?

-Sportchidan yomon inson chiqqanini koʻrmaganman. Nafaqat MMA boshqa yakkakurash turlari boʻlsin, agar sportchining niyati notoʻgʻri boʻlsa, koʻchada bezorilik qilib yuraveradi. Niyatni toʻgʻrilab olish kerak. Sport aslida insonlarni bir-birlariga yaqinlashtiradi va doʻstlashtiradi. Sport bilan shugʻullangan odam jahlini va aqlini ham tiyib ish qilishi kerak. Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytadigan boʻlsam, professional sportchi koʻchalarda bezorilik bilan shugʻullanmaydi.

-Ushbu sport turi bilan shugʻullanuvchi yoshlarimizning har xil janjallar yoki pichoqbozliklar qurboni boʻlganliklarini ham eshitganmiz. Soʻnggi paytlarda nega aynan MMAchilar pichoqlanyapti? Bunga nima deysiz?

-Bilasizmi birinchi navbatda ana shunday pichoqbozliklar uyushtirganlarning oʻzlari yomon insonlar deb hisoblayman. Birovning oʻlimiga sabab boʻlish juda yomon holat. Aralash jang sporti bilan shugʻullanuvchilarning orasida shu kabi holatlar boʻlib oʻtganligi sababli faqat shular aybdor deb oʻylashadi. Lekin vaholanki koʻchada konflikt holatlar ham talaygina.

-Suhbatimizni Alloh rahmat qilsin Murod Xontoʻrayevning oʻlimi bilan davom ettirsak. Oʻzbek aralash janglar sanʼatini Murod Xontoʻrayevsiz tasavvur qilish qiyin. Siz Xontoʻrayevni qanday xotirlaysiz?

- Murod Xontoʻrayev yaxshi inson va yaxshi sportchi edi. Yaxshi sportchi boʻlish mumkin, lekin yaxshi inson boʻlish qiyin. Hammaga ham ushbu ikki xislatni birlashtirish nasib etavermaydi. Bu insondan faqat yaxshilik koʻrganmiz va MMA sportini rivojida oʻzining salmoqli hissasini ham qoʻshgan. Agar shu insonlar boʻlmaganda Oʻzbekistonga MMA sporti hali ham kirib kelmagan boʻlishi mumkin edi.

-Oʻzbekiston MMA kelajagidagi chempionlari sifatida siz kimlarni aytib oʻta olasiz?

-Hozirgi paytda Ramazonbek Temirovni koʻrsata olaman. Braziliyadagi jangda u raqibini 39 soniyada nokaut qilib gʻalaba qozondi. Bundan tashqari Muhiddin Mamajonov, Xolmurod Nurmatov, Jahongir Najmiddinov va Temur Salimov kabi oʻsib kelayotgan sportchilarni misol qilishimiz mumkin.

-Shogirdingizning magʻlubiyatida oʻzingizni qanchalik aybdor yoki javobgarman deb oʻylaysiz?

-Bu tabiiy holat. Har bitta magʻlubiyat ortida ham mashgʻulot kuchli boʻlsa albatta katta gʻalabalar ham bor. Shaxsan oʻzim sportchini ayblashga kamdan-kam urinaman. Chunki bu mening ham xatom. Tayyorgarlik yoki taktikada xato qilgan boʻlishimiz mumkin va oʻzimning ham ustimda ishlashga harakat qilaman.

 

Olimjon Hasanov suhbatlashdi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!