Turkiyaning Kaxramanmarash shahridagi xalqaro musobaqada (3–6-fevral) ishtirok etgan sport kurashlari boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Anqara shahriga olib kelingan.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi koʻmagi bilan amalga oshirilgan jarayon muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Hozirda barcha hamyurtlarimizning salomatligi yaxshi. Rejaga muvofiq, ular dastavval Turkiya poytaxtidan Istanbul shahriga yoʻl olishadi va u yerdan Toshkentga qaytib kelishadi”, – deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinishicha, kecha Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi Bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev sportchilarni mamlakatimizga olib kelish uchun Istanbulga joʻnab ketgan.
Bugun u delegatsiyaga qoʻshilib, sportchi va murabbiylarning Toshkentga qaytib kelish jarayoniga boshchilik qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!