$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonliklarni Saudiya Arabistoni 5 ta soha bo‘yicha ishga jalb qiladi

16:38 / 29.11.2023

O‘zbekiston elchixonasida elchi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistonining K-Dot Partners kompaniyasi ijrochi direktori Faysal al-Dovud bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Muloqot chog‘ida Saudiya Arabistoniga O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Saudiya vakili O‘zbekistonda Dhaef Global Recruitment kompaniyasini tashkil etganini ma’lum qildi va mazkur kompaniya Saudiya Arabistoniga o‘zbekistonlik ishchilarni qonuniy tarzda jalb etishga ko‘maklashishini bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, ishga qabul qilingan va shartnoma imzolagan ishchilar Saudiya Arabistoni Inson resurslari va ijtimoiy rivojlanish vazirligi tomonidan mutaxassisligi bo‘yicha ishlab chiqilgan “Musanid” platformasi orqali viza bilan ta’minlanadi.

Dhaef Global Recruitment ayni paytda O‘zbekistondagi Hilton Academy o‘quv-mashg‘ulot markazi bilan hamkorlik o‘rnatib, ishga jalb etilganlarni tajriba ko‘nikmalari, ingliz va arab tili bo‘yicha bilimlarini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarni tashkil qilgan. O‘zbekistonda amaliyot o‘tab, podshohlikka kelgan ishchilar ushbu davlatdagi “Mahara” o‘quv markazida takroran amaliyot o‘taydi va o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga taqsimlanadi.

Qayd etilishicha, xizmat ko‘rsatish, aviatsiya, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, qurilish sohalariga O‘zbekistondan malakali ishchilarni jalb etish rejalashtirilgan. Shuningdek, Saudiya Arabistonida oshpaz va ofitsiantlarga talab yuqori bo‘lgani bois mazkur yo‘nalishda ham ishchilarni yollash nazarda tutilmoqda.

Uchrashuv yakunida K-Dot Partners kompaniyasi ijrochi direktori Faysal al-Dovud boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil 30-noyabr-5-dekabr kunlari O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etish hamda mamlakat tegishli vazirlik va idoralari vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralarini uyushtirishga kelishib olindi.


Bu ham qiziq

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026
Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Kiyevni öqqa tutiş natijasida Podolskiy tumanidagi xususiy uy zarar kördi, ikki kişi yaralangan, dedi şahar hokimi Vitaliy K…
15:53 / 21.11.2026
Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş doirasida turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida san…
14:39 / 19.11.2026
O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026
O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda…
14:46 / 19.11.2026
Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilin…
09:49 / 20.11.2026
Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston Turkiya kompaniyalarini qişloq xöjaligi, infratuzilma va quriliş sohalaridagi qöşma loyihalarga jalb etmoqçi. Bu …
14:19 / 19.11.2026
Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Özbekistonda birlamçi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş maqsadida 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma…
10:19 / 19.11.2026
Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentda Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning bir…
13:56 / 19.11.2026
Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!