$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

O‘zini o‘zi band qilganlar soni 1,3 milliondan oshdi

21:46 / 17.02.2022

O‘zbekistonda, 2022-yil 16-fevral holatiga ko‘ra o‘zini o‘zi band qilganlar 1 324 031 nafarga yetdi. 

Joriy yil 1-yanvardan 16-fevralga qadar 132 047 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, bu borada Farg‘ona (20 295), Samarqand (18 988), Andijon (13 901), Jizzax (10 647) va Toshkent viloyati (10362) yetakchilik qilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha 50 691;
Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha 32 707;
Maishiy xizmatlar bo‘yicha 23 641;
Ijtimoiy yo‘nalish bo‘yicha 15 183;
Xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 7 551;
Axborot-kommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha 2274 nafar shaxs o‘zini o‘zi band qildi.

Hozirgi kunda o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslarga 70 ga yaqin faoliyat turi bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.

Faoliyat turlarini shartli ravishda sohalarga bo‘lish mumkin:

maishiy xizmatlar (sartaroshlik, manikyur, kosmetolog, pedikyur, uyda kir yuvish va dazmollash, kalitlar tayyorlash, poyabzal tikish, ta’mirlash, bo‘yash va boshqalar);

qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar (chorva mollarini o‘tlatish, ularni parvarish qilish, qishloq xo‘jalik o‘simliklarini ekish va parvarish qilishda tomorqa egalariga yordam berish);

sanoat yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar (yog‘och me’morchiligi, santexnika xizmati, elektr montaj ishlari, makulatura, plastik idish, temir tersak to‘plash va qo‘shimcha xomashyo to‘plash);

ijtimoiy xizmatlar (uyda repetitorlik qilish, bolalarga qarab turish va ularni parvarish qilish, uy xo‘jaligini yuritish, xonalarni tozalash, xalq tabobati);

xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish (non, uyda popkorn, muzqaymoq, salatlar, salqin ichimliklar, ayron, go‘ja hamda dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish);

AKT sohasida (ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat, dasturiy ta’minot, mobil ilovalar va veb saytlarni ishlab chiqish, matnni yaratish va ishlov berish).


Bu ham qiziq

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida mamlak…
14:56 / 19.11.2026
Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqini kafolatlovçi yangi tartib joriy etiladi. Unga köra, banklar fu…
16:18 / 19.11.2026
Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
15:47 / 19.11.2026
Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Özbekistonda birlamçi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş maqsadida 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma…
10:19 / 19.11.2026
Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul u…
13:48 / 19.11.2026
Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026
Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentda Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning bir…
13:56 / 19.11.2026
O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026
Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quv…
14:06 / 19.11.2026
Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Özbekistonda yirik strategik loyihalarni mahalliy quriliş materiallari bilan ta’minlaş böyiça yangi vazifalar belgilandi. Xu…
15:26 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!