$
11838.92 UZS
-64.23
₽
147.05 UZS
0.3
€
13248.94 UZS
-80.21
31° Kechasi 18°

“Ozodlik Radiosi” O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tkazilishi mumkin

15:46 / 01.06.2022

“Ozodlik Radiosi” O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tkazilishi mumkin. Bu borada joriy yil 31-may kuni AOKA direktori Asadjon Xodjayev, “Ozod Yevropa Radiosi/Ozodlik Radiosi” media korporatsiyasi prezidenti Jeymi Flay va media-korporatsiya vakili Pahlavon Turg‘unov uchrashuvida gap borgan.

Muloqot davomida Agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, O‘zbekistonda axborot sohasini liberallashtirish, so‘z va matbuot erkinligi hamda davlat idoralari ochiqligini taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Muloqot davomida “Ozodlik Radiosi” media korporatsiyasi vakillarini respublikada akkreditatsiyadan o‘tkazish masalasi ham muhokama etildi. Ikki tomon akkreditatsiya bilan bog‘liq masalalarni navbatdagi uchrashuvlarda ko‘rib chiqishga kelishib olishdi.

Tomonlar uchrashuvda, shuningdek, o‘zaro mavjud masalalar, ularni hal etish yo‘llari, shu jumladan “Ozodlik Radiosi” tahririyati tomonidan tayyorlanayotgan va chop etilayotgan materiallarning O‘zbekiston qonunchiligi va jurnalist etikasi meʼyorlariga mos kelishi yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirishgan va ushbu masalalarni bartaraf etish borasida bosib o‘tilishi mumkin bo‘lgan qadamlar haqida fikr almashishgan.

Maʼlumot uchun, o‘sha kuni siyosatshunos K.Rabbimov ham “Ozodlik” radiokorporatsiyasi prezidenti va bir qancha vatandoshlik jamiyati vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida maʼlumot berib, Jemiye Flayning quyidagi so‘zlarini iqtibos keltirgan edi:

“Ozodlik radiosi O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tsa-o‘tmasa, bizning axborot olish va tarqatish salohiyatimiz o‘zgarmaydi, yaʼni, oshib ketmaydi. Biz qanday maʼlumot olib tarqatayotgan bo‘lsak, shunday tarqataveramiz. Ro‘yxatdan o‘tish, bizga qandaydir taʼsir qilsa – bu davlatning biz bilan rasman muloqot qilish, taʼsir qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Aslida, bundan O‘zbekistonni o‘zi manfaatdor bo‘lishi kerak. Lekin, hozircha O‘zbekiston tomoni “negativ axborot ko‘p, pozitiv kam” degan pozitsiyada turibdi”.


Bu ham qiziq

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

Ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilarga bolaning dunyoga kelishidan ancha oldin — bo‘lajak onaga g‘amxo‘rlik qilishdan boshlanib…
15:45 / 23.10.2026
FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

2027 yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan FIFA U-20 Jahon chempionati 17-sentabrdan 9-oktabrgacha davom etadi. B…
23:44 / 22.10.2026
60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

Namangan viloyati hududida joylashgan qadimiy Axsikent shahri 1620-yilda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan.…
10:54 / 23.10.2026
30-oktyabr kuni V “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o‘tadi

30-oktyabr kuni V “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o‘tadi

19-23-oktyabr kunlari V “Zakovat-Gambit” turnirining hududiy saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bu yil musobaqada ishtirok eti…
14:14 / 24.10.2026
Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Ozarbayjon va Turkmaniston vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Ozarbayjon va Turkmaniston vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobod shahrida g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatuvchi xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti …
16:02 / 21.10.2026
Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatidagi 54 million dollarlik “Sulton Tex Group” to‘qimachilik fabrikasi faoliy…
15:58 / 21.10.2026
Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Joriy kuz-qish mavsumida mamlakatimizda tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan hududlar aholisini suyultirilgan gaz bilan uzluksi…
09:39 / 24.10.2026
O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026
Uzoq davom etgan semizlik miya salomatligiga zarar yetkazishi mumkin — olimlar

Uzoq davom etgan semizlik miya salomatligiga zarar yetkazishi mumkin — olimlar

Luiziana shtati universiteti olimlari uzoq yillar davom etgan semizlik o‘rta yoshda miya holatining yomonlashuvi bilan bog‘l…
09:20 / 25.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti …
09:09 / 22.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!