$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Parrandachilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi

15:45 / 16.06.2022

Oʻzbekistonda parrandachilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi. “Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2023-yil 1-apreldan parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, subsidiyalar ajratish va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi faqatgina my.vetgov.uz saytida roʻyxatdan oʻtgan hamda tegishli mezonlarga mos keluvchi parrandachilik xoʻjaliklariga beriladi.

Shuningdek, 2022-yil 1-iyundan parrandachilik xoʻjaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga don zaxirasi yaratish uchun Markaziy bank asosiy stavkasida 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha revolver kreditlar ajratiladi.

Parrandachilikni rivojlantirish boʻyicha maqsadli davlat dasturlari boʻyicha kredit mablagʻlari 10 yilgacha muddatga 3 yilgacha imtiyozli davr bilan ajratiladi.

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining parrandachilik xoʻjaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirish uchun “Mikrokreditbank” ATBga yoʻnaltirilgan miqdoridagi mablagʻlarini qaytarish muddati 7 yildan 10 yilgacha 5 yillik imtiyozli davr bilan uzaytiriladi.

Tadbirkorlarga ularning mavjud quvvatlarini toʻliq ishga tushirish uchun oldin ajratilgan kreditlarning qaytarish muddati ularning arizasiga koʻra hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi takliflariga asosan 10 yilgacha uzaytiriladi.

“Parrandasanoat” uyushmasiga aʼzo parrandachilik xoʻjaliklariga 2022-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-yanvargacha davrda parrandachilik xoʻjaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor joʻjani import qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya miqdori 12 ming soʻm etib belgilandi.

Xususan, parranda goʻshti ishlab chiqarish hajmlari yil yakunigacha kamida 35 foizga oshirilib, 600 ming tonnaga yetkaziladi.


Bu ham qiziq

Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Prezident Şavkat Mirziyoyev quriliş materiallari sanoatidagi natijalar va yangi eksport imkoniyatlariga töxtalib, yaqin yill…
15:08 / 20.11.2026
Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilin…
09:49 / 20.11.2026
Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026
Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
14:43 / 19.11.2026
Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul u…
13:48 / 19.11.2026
Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quv…
14:06 / 19.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026
Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Özbekistonda birlamçi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş maqsadida 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma…
10:19 / 19.11.2026
Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan mojaroni hal qiliş va uruşni yakunlaş uçun Rossiya yoki Xitoydan yordam söraş niyatid…
16:58 / 19.11.2026
Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan özbek tilidagi 6 milliardga yaqin sözni öz içiga olgan yirik oçiq matnli ma’lumot…
11:29 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!