Ortda qolgan mavsumda “Paxtakor” bosh murabbiyi sifatida jamoa bilan Oʻzbekiston chempioniga aylangan niderlandiyalik mutaxassis Piter Xyuistra Toshkent klubini tark etdi.
Maʼlum boʻlishicha, “sherlar” bilan kelishuvi 2021-yil yakunida nihoyasiga yetgan murabbiy toshkentliklar rahbariyati bilan yangi shartnoma boʻyicha kelishuvga erishmagan va jamoadan ketishi oydinlashgan.
Oʻz navbatida esa, Xyuistraning oʻrniga Shimoliy Makedoniyalik 47-yoshli mutaxassis Slavche Vojneski “Paxtakor”ni boshqarish uchun asosiy nomzodlardan biri boʻlib turibdi.
Slavche Vojneski bungacha 2019-2020 yilgi mavsumda Slovakiyaning “Oriom Sered” klubi bosh murabbiysi sifatida ishlagan boʻlsa, undan avval asosan Turkiyaning turli klublarida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Makedoniya yoshlar terma jamoasida ham ishlagan.
Maʼlumot uchun, 54 yoshli Xyuistra 2017-yildan buyon “Paxtakor” murabbiylar shtabida faoliyat yuritib, 2021-yildan buyon klubni boshqarib kelayotgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!