$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Pirotexnika vositalari aylanmasiga chek qo‘yildi – Davlat bojxona qo‘mitasi

18:45 / 27.12.2021

Joriy yil Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qo‘yilgan jami pirotexnika vositalarining umumiy qiymati 4 mlrd. 695 mln. so‘mni tashkil qiladi.

2021-yil 27-dekabr kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan pirotexnika -vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritilgan.

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari o‘rinbosari Husan Tangriyevn ta’kidlashicha, joriy yilning 27-dekabr holatiga ko‘ra, respublikamiz bojxonachilari tomonidan yil boshidan buyon aniqlangan 209 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida 5 mln. 732 ming donadan ortiq pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan. 
“Masalan, Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi tomonidan ham fosh qilingan holatda qiymati 500 mln. so‘mlik 14 turdagi 9231 dona pirotexnika vositalarining noqonuniy oldi-sotdisiga chek qo‘yilgan. 2021-yil 25-dekabr kuni aniqlangan holatda esa qiymati 250 mln. so‘mlik 211 818 dona pirotexnika vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgani qayd etilgan. 

Farg‘ona viloyatida bojxona xodimlari tomonidan Quvasoy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolardan birining xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Natijada, bu yerda  xorijda ishlab chiqarilgan, ammo bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan salkam 336 mln. so‘mlik 12 turdagi 215 ming donadan ziyod pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.
Mazkur shaharda kuzatuvga olingan yana bir haydovchi esa o‘zi boshqaruvidagi “Kobalt” avtotransport vositasida hovlilardan biriga yashirinishga va mashinani tashlab qochishga urindi. Bu esa bejiz emas ekan. Sababi, mazkur  avtomashinada ham, ushbu xonadonda ham qiymati salkam 227 mln. so‘mlik 7 turdagi 213 806 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olindi” dedi Husan Tangriyev.

Umumiy hisobda yil boshidan buyon davlat bojxona xizmati organlari tomonidan huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qo‘yilgan jami pirotexnika vositalarining umumiy qiymati 4 mlrd. 695 mln. so‘mni tashkil qilgan. 
Pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga qo‘l urayotganlar orasida voyaga yetmagan shaxslar ham bor. Jumladan, Qoralqalpog‘iston Respublikasida aniqlangan holatda 2008-yilda tug‘ilgan o‘smir 6 ming dona petardalarni sotishga uringan vaqtida to‘xtatib qolingan. Bundan tashqari, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy, Xorazm viloyatlarida ham 2004-2006 yillarda tug‘ilgan o‘spirinlar pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga qo‘l urgan.


Bu ham qiziq

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!