Bugun, 8-iyun kuni soat taxminan 09:00 larda Toshkent viloyati Piskent tumani hududidan o‘tgan Olmaliq shahri va Piskent tumanlarini bog‘lovchi mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 14-kilometrida Damas va Cobalt rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.
Toshkent viloyati IIBB YHXBning xabariga ko‘ra, YTH natijasida 3 nafar harakat ishtirokchilari turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Piskent tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!