$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Portugaliyada 30 yoshli it Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

11:36 / 04.02.2023

Portugaliyada yashovchi Bobi laqabli it tarixdagi o‘z turining eng keksa vakili sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. “Sky news” xabariga ko‘ra Bobi hozirda 30 yoshu 268 kunlik.

Alenteju mastifi (it turi) 1992-yil 11-mayda tug‘ilgan va deyarli butun umrini Portugaliyaning g‘arbiy sohilidagi Kokeyros qishlog‘ida o‘tkazgan. Uning yoshi Leyriya munisipalitetining (o‘zini o‘zi idora qiluvchi organ) veterinariya xizmati va davlat veterinariya ma’lumotlar bazasining yozuvlari bilan tasdiqlangan.

Itning egasi Liunel Koshtaning Ginnes rekordlar kitobi mutaxassislariga aytishicha, kuchukcha Bobi moʻjizaviy tarzda o‘limdan qutulib qolgan. Uning aka-ukalari tug‘ilgandan keyin darhol chuqurga tiriklayin ko‘milgan, chunki allaqachon oilaga tegishli juda ko‘p itlar bo‘lgan. Bobini keyinchalik Liunel va uning ukasi ko‘zlari ochilguncha kattalardan yashirgan, shundan keyin mahalliy odatga ko‘ra, kuchuklardan qutulishning iloji bo‘lmagan.

Bobining egasi so‘zlariga ko‘ra, u hech qachon zanjir yoki bog‘ichni bilmagan hovli iti bo‘lgan, u boshqa hayvonlar, jumladan mushuklar bilan yaxshi til topishadi, haligacha esa juda ochiq va do‘stona. Keksalik tufayli it ko‘rishi yomonlasha boshlagan va so‘nggi paytlarda ko‘p dam oladi. 2018-yilda Bobi nafas olish muammolari tufayli hayvonlar kasalxonasiga yotqizilishi kerak edi. Alenteju shahrida yashovchi mastif itlarning o‘rtacha umr ko‘rish muddati 12-14 yil, ammo Koshtaning so‘zlariga ko‘ra, Bobining onasi 18 yil yashagan, itlarning yana biri 22 yoshga etgan.

Rekordlar kitobidan oldingi uzoq umr ko‘rgan rekordchi Avstraliya janubi-g‘arbidagi Viktoriya shtatida 29 yil yashagan va 1939-yilda og‘ir kasallik tufayli evtanaziya (ahvoli og‘ir uzoq vaqt surunkali kasalliklar bilan og‘rib kelayotgan bemorlarda ma’lum vosita va harakatlar orqali o‘limni tezlashtirish) qilingan cho‘pon it Blyu edi. Uning yoshi ham hujjatlar bilan tasdiqlangan.

Ginnesning rekordlar kitobi bu odamlar va hayvonlarning rekord darajadagi yutuqlari, noyob tabiat hodisalari, shou-biznes, ommaviy axborot vositalari va madaniyatning ajoyib yutuqlari haqidagi ma’lumotlarni ochib beruvchi yillik qo‘llanma.

Birinchi marta 1955-yilda Irlandiyaning Ginnes pivo kompaniyasining buyrug‘i bilan nashr etilgan. Bu g‘oya Irlandiya va Britaniya pablariga tashrif buyuruvchilar uchun u yoki bu hodisaning qayd etilishi bo‘yicha o‘zaro kelishmovchiliklarni hal qilish uchun nufuzli manba yaratish g‘oyasi bilan chiqqan Xyu Biverga tegishli edi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!