$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
18° Kechasi 12°

Poytaxtda haydovchilar uchun maxsus monitorlar o‘rnatilmoqda

10:39 / 05.01.2024

Poytaxt hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasida fuqarolarni real vaqt rejimida yo‘l harakatidagi vaziyat to‘g‘risida xabardor qilish uchun o‘zgaruvchan ma’lumotlar tablosi o‘rnatildi.

Yakkasaroy tumanida dekabr oyi boshida olib borilgan obodonlashtirish ishlari paytida shahar hokimligi Raqamli rivojlanish departameni taklifi bilan Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasiga o‘zgaruvchan ma’lumot tablosi (O‘MT) o‘rnatdi. Ular odatda fuqarolarni yo‘l harakatidagi vaziyat, tezlik chegaralari va boshqalar haqida xabardor qilish uchun yo‘lning yuqori qismiga joylashtiriladi.

Shahar ma’muriyati O‘MTdan foydalanishni 2019-yilning bahoridayoq boshlagan edi. O‘shanda ekranlarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida ogohlantirishlar berilgan, 2020-yilgi karantin paytida eslatmalar qo‘shilgan edi. Shaharda jami sakkizta ekran bor bo‘lgan. To‘g‘ri foydalanilmagani sababli, ma’lum vaqt o‘tgach, O‘MTlar ishlashdan to‘xtadi va yo‘llar ustida qora to‘rtburchaklar kabi osilib qoldi.

2023-yil kuzida Raqamli rivojlanish departamenti ma’lumot tablolarini qayta tiklash tashabbusi bilan chiqdi.

“Hozirda shaharda transport infratuzilmasi jadal rivojlanmoqda, haydovchilarni real vaqt rejimida xabardor qilish esa rivojlanishning ajralmas qismi hisoblanadi. Boshqa mamlakatlarda o‘nlab yillardan beri yo‘l tepasida O‘MTlar osig‘liq turadi. Men o‘zim shunday ekranlarga Moskvada guvoh bo‘lganman. Biz bu amaliyotni qo‘llashga qaror qildik, bunga imkoniyatimiz bor”, — dedi Raqamli rivojlanish departamenti direktori Aleksey Xen.

Ish Bobur ko‘chasidagi eski ekranni yangisiga almashtirishdan boshlandi. Yangi O‘MTda departament hamda LED-market elektron xizmati hamkorligida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot sinovdan o‘tkazildi. Bundan tashqari, mutaxassislar har bir banner uchun ekran vaqtini, shuningdek, tungi va kunduzi yorug‘likni sinab ko‘rdi. Eski ekran qisman ta’mirlandi va displeyni masofadan boshqarish tizimini sinab ko‘rish uchun ofisga olib borildi. Ayni paytda tablo foydalanish uchun yaroqsiz, yonib ketgan LED modullarini almashtirish lozim.

Aleksey Xenning so‘zlariga ko‘ra, shaharga bir necha yil oldin qo‘yilgan barcha ekranlar ta’mirlanishi kerak.

“Noyabr oyida O‘MTlarni tiklay oladigan pudratchini topish uchun tanlov o‘tkazdik. Yaqinda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatidan tegishli ruxsat oldik, mavjud ekranlarni rekonstruksiya qilish 2024-yil boshidan boshlanadi”, — dedi Aleksey Xen.

Yangilangan O‘MTlarda 14 turdagi ma’lumotlarni aks ettirish rejalashtirilgan. Masalan, biror kommunal muammo yoki yo‘llarda to‘siqlar paydo bo‘lsa murojaat qilish kerak bo‘lgan dispetcherlik xizmatlarining kontaktlari; shahardagi havo sifati haqidagi statistik ma’lumotlar, ob-havo ma’lumotlari, tez yordam mashinalarini o‘tkazib yuborish zarurati haqidagi eslatmalar va boshqalar.

Ko‘ngilochar kontentni ham namoyish etish rejalashtirilgan. Masalan, yomg‘irli havoda Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasida o‘rnatilgan yagona LED-ekranda o‘zbek tilidagi mashhur “Shop-shop bobolarim” memi, seshanba kunlari esa “Kechagidek qiyin emas” iborasi yozilgan banner aks etdi. Yangi yil arafasida O‘MTda fuqarolar uchun tabriknomalar paydo bo‘ldi


Bu ham qiziq

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024
Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

2-iyundan 22-iyungacha Toshkent Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatlari oralig‘ida modernizatsiya ishlari olib borilishi …
09:21 / 19.05.2024
Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Bu bo‘yicha Janubiy Koreya bilan kelishuvga erishildi.
09:45 / 18.05.2024
Isroil G‘azoga navbatdagi hujumini uyushtirdi

Isroil G‘azoga navbatdagi hujumini uyushtirdi

Mazkur hujum natijasida 17 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Bu haqda, Al Jazeera telekanali xabar bermoqda.
12:17 / 19.05.2024
Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Dronlarning zarbalari mahalliy yoqilg‘i narxini oshirdi, ammo elektr energiyasi ishlab chiqarishga minimal ta’sir ko‘rsatdi.
16:59 / 18.05.2024
Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024
Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlarida 20-may soat 09:00 dan 21-may 21:0…
16:50 / 19.05.2024
Toshkentdagi mehmonxonada odamlar tinchligini buzgan isroillik fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Toshkentdagi mehmonxonada odamlar tinchligini buzgan isroillik fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Aniqlanishicha, u mehmonxonada kechasi baland ovozda musiqa qo‘yib, fuqarolarning tinchligini buzgan.
14:58 / 18.05.2024
Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgani 7 ta yuk vagoni  haqidagi videoga “O‘zbekiston temiryo‘llari” izoh berdi.
16:36 / 19.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!