16-may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida mehmonxonada tartib buzgan isroillik fuqaroga jazo tayinlandi.
Ish hujjatiga ko‘ra, 2024-yil 16-aprel kuni soat 22:30 da mehmonxona ishchisi Toshkent shahar IIBB ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, isroillik mijoz Aleksander Xaustav ustidan shikoyat qilgan.
Aniqlanishicha, u mehmonxonada kechasi baland ovozda musiqa qo‘yib, fuqarolarning tinchligini buzgan. Shuningdek, mast holatda mehmonxonaga peshob qilgan. Holat yuzasidan kelgan IIO xodimlari uni IIB bo‘limiga taklif qilishganida borishdan bosh tortib, IIO xodimlarining qonuniy talabini bajarmagan.
Sud majlisida Aleksander Xaustav aybiga iqrorlik bildirib, o‘sha kuni uyida spirtli ichimlik iste’mol qilganini, O‘zbekistonga “pasxa” bayrami munosabati bilan, ota-onasi qabrtoshlarini yangilash uchun kelganini bildirgan.
Shundan so‘ng sud qarori bilan Aleksander Xaustav MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik), 192-moddasi (maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish) va 194-moddasining 1-qismida (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 15 sutka ma’muriy qamoq hamda BHMning 4 dan 3 qismi miqdorida (533 ming so‘m) jarima jazosi tayinlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!