$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Prava”ni almashtirish muddati uzaytirilishi DXMlarga haydovchilar oqimini 10 barobarga kamaytirdi

12:20 / 19.05.2022

Joriy yilning fevral-mart oylarida davlat xizmatlari markazlarida eski haydovchilik guvoxnomasini yangi turdagi guvoxnomalarga o‘zgartirish istagida bo‘lgan fuqarolarning hayratlanarli oqimi kuzatildi.

Iloji boricha ko‘proq fuqarolarga xizmat ko‘rsatish maqsadida davlat xizmatlari markazlari uzaytirilgan ish vaqti asosida “so‘ngi mijozga qadar” tartibida , baʼzilari esa umuman dam olish kunlarisiz ishladi.

Natijada yangi turdagi haydovchilik guvoxnomasi joriy etilganidan (2017-yil oktyabr) bugungi kunga qadar 3,8 milliondan ortiq xususan, bir milliondan ortiq guvoxnoma 2022-yilning mart-aprel oylarida yangilandi.

Shu bilan birga, 2,2 milliondan ortiq haydovchi hali ham eski namunadagi haydovchilik guvoxnomalar bilan harakatlanmoqda.

Shu bois, joriy yilning 12-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining eski haydovchilik guvoxnomalari va transport vositalari ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvoxnomalarni almashtirish muddatini 2023-yilning aprel-dekabr oylarigacha uzaytirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, dastlab haydovchilik guvoxnomalari va transport vositalari ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvoxnomalarni almashtirishni 2020-yil 31-dekabrgacha yakunlash rejalashtirilgan edi.

Jumladan, 2020-yilning bahorida muddat bir yilga, 2021-yilning noyabrida esa 2022-yilning oxirigacha uzaytirildi.

Davlat xizmatlari markazlari faoliyati monitoring qilinganda, haydovchilik guvoxnomalarini almashtirish bo‘yicha murojaatlar soni uzaytirishdan so‘ng sezilarli darajada kamayganini ko‘rsatdi.

Misol uchun, guvoxnomalarni almashtirish muddati mart oyigacha belgilanganida Chilonzor tumani davlat xizmatlari markaziga kuniga 500-700 nafar fuqaro murojaat qilgan.

Biroq, guvoxnomalarni almashtirish muddati uzaytirilishi bilanoq, haydovchilar oqimini 10 barobardan ko‘proq kamayishiga olib keldi. Bu, ayniqsa, Andijon tumani Davlat xizmatlari markazi misolida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Agar fevral oyida 2577 nafar fuqaro, mart oyida esa 2723 nafar fuqaro markazga murojaat qilgan bo‘lsa, aprel oyida ularning soni 1103 nafarni, may oyining birinchi yarmida esa atigi 100 nafarni tashkil etgan.

Bugungi kunda, haydovchilik guvoxnomalarini almashtirish jami 74 ta punktda, shundan, 25 tasi Davlat xizmatlari markazlarida, 49 tasi yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yilning apreliga qadar har kuni o‘rtacha 120-150 kishi xizmatga murojaat qilgan taqdirda, qolgan eski namunadagi haydovchilik guvoxnomalarini almashtirishni navbatlarsiz, qog‘ozbozliksiz va xodimlar ishlash samaradorligini saqlab yakunlash mumkin bo‘ladi.

Adliya vazirligi o‘z o‘rnida fuqarolarni haydovchilik guvoxnomasini almashtirishni oxirgi bir oyga qoldirib, muddat tugashini kutmaslikka, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirmoqda.

Maʼlumot uchun, eski namunadagi haydovchilik guvoxnomalarini yo‘l harakati xavfsizlik xizmati bo‘limlari, shuningdek, hududiy davlat xizmatlari markazlarida yoki onlayn ariza berish orqali ham almashtirish imkoniyatlari yaratilgan.

Shuningdek, xizmatlarni eksterritoriallik prinsipi asosida ham olishingiz mumkin. Agar 25 ta davlat xizmatlari markazlaridan birida navbat bo‘lsa, boshqasini tanlash imkoniyati mavjud.


Bu ham qiziq

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!