$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Prezident Aripovga qator davlat tashkilotlarini xususiylashtirish yuzasidan topshiriq berdi

10:05 / 21.01.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 20-yanvar kuni davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda sohadagi ishlar ahvoli va kelgusi rejalar tanqidiy muhokama qilindi.

Davlat rahbarining topshirig‘i bilan o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, tarmoq va hududlarda samarasiz ishlatilayotgan 2 mingta ob’yekt borligi aniqlandi.

Jumladan, neft-gaz tarmog‘ida 210 ta, aloqa sohasi korxonalarida 152 ta, davlat tijorat banklarida 114 ta, kimyo tarmog‘ida 44 ta, energetikada 28 ta sotiladigan bino bor. Viloyat hokimliklari balansida ham 170 ga yaqin bo‘sh ob’yekt yillar davomida sotilmay turibdi.

Yig‘ilishda bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarga intizomiy choralar ko‘rilishi belgilandi, ayrimlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Joriy yilda sohadagi ishlarni faollashtirib, natijadorlikni ikki barobar oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Masalan, hududiy ob’yektlar va noqishloq yerlarni xususiylashtirish orqali yil yakunigacha jami 8 trillion so‘mdan ziyod tushumni ta’minlash mumkin. 

Shu bilan birga, xatlovni davom ettirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Nosohaviy, samarasiz va bo‘sh turgan aktivlarni aniqlash hamda ochiq savdolarga chiqarishga viloyat hokimlari va tarmoq rahbarlari shaxsan mas’ul etib belgilandi.

Bugungacha savdoga qo‘yilgan 33 mingta yer uchastkasini mulk huquqi asosida sotish, shuningdek, 1 iyulga qadar yana 25 mingta maydonni auksionga chiqarish vazifasi qo‘yildi.

Yo‘l, transport, neft-gaz, energetika, avtomobilsozlik tarmoqlariga qarashli 266 ta korxonani alohida yondashuv asosida savdoga chiqarish kerakligi aytildi. 

– Hali ko‘plab tarmoq rahbarlari tizimidagi nosohaviy korxonalarni samarasiz ishlatmoqda. Yirik tarmoqlarda 480 ta korxonadagi davlat ulushini to‘liq xususiy sektorga berish mumkin, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shundan kelib chiqib, Bosh vazirga “O‘zavtosanoat”, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zbekneftegaz”, “Hududiy elektr tarmoqlari” kabi tarmoqlardagi tegishli ob’yektlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularni xususiylashtirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

“Farg‘onaazot”, “Bektemir spirt zavodi”, “Qo‘qon biokimyo”, “Dehqonobod kaliy zavodi”, “Kvars”, “Xayyat” kabi yirik majmualarga salohiyatli investorlarni jalb qilish muhimligi qayd etildi. 23 ta aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini birlamchi sotish orqali fond bozoriga chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Bo‘sh turgan binolardan foydalanishning yana bir usuli – ijara. Yig‘ilishda bu boradagi imkoniyatlar ham ko‘rsatib o‘tildi. Hududlar va tarmoqlar tasarrufidagi davlat mulklari ijarasi hisobiga joriy yilda 500 milliard so‘m tushumni ta’minlash mumkinligi aytildi.

Bundan buyon, uch oydan ortiq bo‘sh turgan obyekt ijaraga berilishi yoki sotuvga chiqarilishi shartligi belgilandi. Davlat aktivlari agentligiga davlat ulushi bor korxonalarning ijara shartnomalarini ochiq-oshkora ro‘yxatga olish va onlayn nazorat qilish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi. 

Yig‘ilishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, hududlar va tarmoqlar kesimida 2022 yil xususiylashtirish dasturi tasdiqlanadigan bo‘ldi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 …
10:14 / 12.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!