$
11964.27 UZS
-9.75
₽
144.49 UZS
-0.09
€
13323.41 UZS
-109.05
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev JSTga a’zo bo‘lish, investitsiya faoliyati va strategik rivojlanish borasida yig‘ilish o‘tkazdi

22:43 / 12.01.2022

Joriy yil 12-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev huzurida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Strategik rivojlanish agentligi faoliyati muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘zbekistondagi barqarorlik va qulay investitsiya muhiti natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanmoqda. 2021-yilda jami 10 milliard dollardan ortiq, jumladan, 8 milliard 100 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirilgan. Buning natijasida 318 ta yirik va 15 mingdan ziyod hududiy loyihalar amalga oshirilib, 273 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil etilgan. Yangi korxonalar jami 1 milliard dollardan ziyod eksport va 530 million dollarlik import o‘rnini to‘ldirish imkoniyatiga ega.

Shuningdek, koronavirus pandemiyasi hali-hamon iqtisodiy jarayonlarga jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda. Shunga qaramay, eksportda izchil o‘sishga erishilmoqda. Xususan, 2020-yilda mamlakatda eksport miqdori 9 milliard dollardan oshgan bo‘lsa, 2021-yilda 12 milliard dollarni tashkil etgan. E’tiborlisi, bunda tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ulushi sezilarli ko‘paygan.

Bundan tashqari, joriy yilda 9 milliard 500 million dollardan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish, 282 ta yirik va 9 mingdan ortiq hududiy loyihalar ishga tushirish mo‘ljallangan. Eksport hajmini 14 milliard dollarga yetkazish hisob-kitob qilingan. Xususan, yig‘ilishda mutasaddilar ushbu ko‘rsatkichlarni tarmoq va hududlar kesimida ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha axborot bergan.

O‘zbekiston Prezidneti har bir investitsiya loyihasini doimiy nazoratga olib, tashabbuskorlarga ko‘maklashish va o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar bergan.
Turizm, tibbiyot va mashinasozlik tarmoqlari, hududlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Xorazm viloyatlarida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish darajasi pastligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bois ular bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqib, qo‘shimcha sarmoyalar yo‘naltirish vazifasi qo‘yilgan.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev ishlab chiqarishni va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratgan. Mahalliy mahsulotlar turini ko‘paytirish, bu borada tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Jumladan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan tovarlarni o‘zlashtirgan mahalliy korxonalar mahsulotlari kafolatli xarid qilinadi. Bu jarayonga hokim yordamchilarini ham jalb etish muhimligi aytilgan.

Aholi turmush sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ta’lim, tibbiyot, suv ta’minoti, yo‘l va boshqa infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda shaffoflikni ta’minlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi ta’kidlangan.
Ma’lum qilinishicha, sog‘liqni saqlash sohasi, Orolbo‘yi mintaqasi uchun trast fondi kabi ijtimoiy muhim yo‘nalishlarga xorijiy grantlar jalb qilish kerakligi aytilib, jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish masalasiga ham to‘xtalib o‘tilgan.
Shavkat Mirziyoyev Prezident saylovi oldidan xalq bilan uchrashuvlarda har bir tumanda loyiha guruhlari va xolding kompaniyalari tashkil etilishini aytgan edi. Yig‘ilishda ushbu tizimni joriy etish borasida qilinayotgan ishlar taqdimoti ham o‘tkazilgan.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi farmoniga muvofiq, Strategik rivojlanish agentligi tashkil etilgan edi. Bu Agentlikka investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini o‘rganish, investitsiya faoliyatining istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash, xalqaro tajriba asosida iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilish va hududlarning investitsiya salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish kabi ko‘plab vazifalar yuklatilgan.

Yig‘ilishda mazkur Agentlikning tuzilmasi, shu kungacha qilingan ishlar va joriy yilgi rejalar haqida axborot berib o‘tilgan.
Bugungi kunda Agentlik boshqarmalari shakllantirilgan, ularga yetakchi xorijiy universitetlarda o‘qigan, tashabbuskor va bilimli mutaxassislar jamlangan.

Shavkat Mirziyoyev loyiha guruhlari mutaxassislarini bir tizim va metodologiya asosida ishlashga o‘qitish kerakligini ta’kidlagan.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda eksport masalasi atroflicha tahlil qilindi. Bu boradagi prognozlarni bajarish uchun sanoatga alohida ahamiyat qaratish, qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish zarurligi alohida ta’kidlangan.

Agentlikning bu yilgi rejasi 18 ta muhim tadbirdan iborat. Investitsiya loyihalarini ilgari surishning yangi mexanizmini joriy etish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish orqali investisiya muhitini yaxshilash, investisiya muhiti bo‘yicha hududlar reytingini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlarning tizimli muammolarini aniqlash va hal qilish bo‘yicha onlayn platformani ishga tushirish, Jahon banki bilan birgalikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqish shular jumlasidan.

– Bu Agentlik investitsiya hajmini kengaytirish va eksport salohiyatini oshirishga zamin yaratadi. Shu bois, hudud va tarmoqlarni strategik rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish, bunga xorijdan malakali mutaxassis va maslahatchilarni ham jalb qilish kerak, – degan Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilish so‘nggida strategik rivojlantirish bo‘yicha metodologiya yaratib, uni har bir hudud va tarmoqda joriy qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.


Bu ham qiziq

Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada iş haqini ololmagan 8 nafar özbekistonlikning mehnat huquqlari sud orqali himoya qilindi. Natijada ularning foydas…
10:03 / 10.11.2026
Samarqandda işga joylaştirişni va’da qilgan maktab direktori uşlandi

Samarqandda işga joylaştirişni va’da qilgan maktab direktori uşlandi

Samarqand şahrida umumiy örta ta’lim maktabi direktori fuqaroni öqituvçi lavozimiga işga joylaştiriş evaziga 400 AQŞ dollari…
14:50 / 09.11.2026
“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026
Toşkentda 500 kVli “Halqa” podstansiyasi işga tuşirildi

Toşkentda 500 kVli “Halqa” podstansiyasi işga tuşirildi

7-noyabr kuni Toşkent şahrida 500 kV kuçlanişli yangi «Halqa» podstansiyasiga kuçlaniş berildi. Bu haqda energetika sohasiga…
14:06 / 08.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Bugun, 10-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölib, respublikaning ayrim hududlarida kuçli yomğir yoğişi va momaq…
16:07 / 09.11.2026
O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Xiva, Nurafshon, Ulug‘nor, Toshkent va Ohangaron tumanlari hamda Toshloq t…
09:41 / 09.11.2026
Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlarga bölgan içki talabni qondiriş maqsadida ularni mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlari örganiladi. Bu…
15:57 / 09.11.2026
Özbekistonda elektrotexnika sohasida 11,6 milliard dollarlik loyihalar amalga oşiriladi

Özbekistonda elektrotexnika sohasida 11,6 milliard dollarlik loyihalar amalga oşiriladi

Keyingi uç yil davomida Özbekistonda elektrotexnika va unga boğliq yangi sanoat yönalişlarida umumiy qiymati 11,6 milliard d…
13:26 / 09.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!