$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Prezident kelgusi yilni “Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili” deb nomlashni taklif qildi

20:57 / 25.01.2022

Shavkat Mirziyoyev 25-yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tashabbusi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlarining videoanjuman shaklidagi uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqida Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham qatnashdi.

Mamlakatlar yetakchilari Markaziy Osiyo davlatlari va XXR o‘rtasidagi 30 yillik hamkorlik yakunlarini sarhisob qildilar, ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari va kelgusi istiqbolga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashganlar.
Davlat rahbari o‘z nutqining avvalida ishtirokchilarni yubiley sana bilan muborakbod etib, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik munosabatlar o‘tgan davrda jadal va barqaror tus olganini ta’kidlagan.

Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini bayon etar ekan, mamlakatimiz yetakchisi to‘siqlarsiz savdoni ta’minlash hamda sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirishning umumiy makonini shakllantirishga qaratilgan Yangi “Xitoy – Markaziy Osiyo” iqtisodiy muloqot strategiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.

O‘zbekiston Prezidenti “Xitoy – Markaziy Osiyo” yo‘nalishida uzluksiz yuk oqimini ta’minlash va transmintaqaviy logistika tarmoqlarini rivojlantirish uchun tizimli yechimlar ishlab chiqish muhim ekanini qayd etgan. “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini barpo etish loyihasini amalga oshirishni joriy yildayoq boshlash taklif etilgan.

Davlat rahbari sammit ishtirokchilari e’tiborini raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligiga qaratdi. IT-parklar negizida “Intellektual Ipak yo‘li” qo‘shma platformasini yaratish taklif qilingan.

Sog‘liqni saqlash va yuqumli kasalliklarga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi. Vaksinalar ishlab chiqish, sinash va ishlab chiqarishda Xitoy bilan sheriklikni davom ettirishga tayyorlik bildirildi. Shuningdek, O‘zbekiston mamlakatlarimiz o‘rtasida odamlar va tovarlar harakatini yengillashtirish maqsadida vaksinasiya pasportlarining o‘zaro tan olinishi tarafdoridir.

Davlat rahbari kambag‘allikni qisqartirish vazifasiga to‘xtalib, uning yechimini aholi farovonligini ta’minlashning eng muhim sharti deb atadi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston agrar tarmoqni modernizatsiya qilish, sho‘rlangan va sho‘rxok yerlarda ekinlar yetishtirish, shahar va qishloq o‘rtasida ishlab chiqarish zanjirlarini yo‘lga qo‘yish masalalarida Xitoy bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti pandemiya davrida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga tez ortib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlashda yaqindan hamkorlik qilish va bu borada tezkor qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga chaqirdi. BMT Bosh Assambleyasining pandemiya sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha alohida rezolyutsiyasini qabul qilish to‘g‘risidagi tashabbusni birgalikda ilgari surish taklif etildi.

Shu bilan bir qatorda, “Yashil Ipak yo‘li”ni barpo etish doirasida iqlim kun tartibini birgalikda ilgari surish zarurligi ta’kidlangan.
Muqobil energetika sohasida investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni jadallashtirishga qaratilgan “Ekologik toza rivojlanish”ni ta’minlash bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi.

Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlarini yanada yaqinlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Prezidenti kelgusi yilni “Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili” deb e’lon qilishni, unda asosiy e’tiborni akademik va talabalar almashinuvi dasturlariga, yoshlar forumlari va sport musobaqalarini o‘tkazishga qaratishni taklif qilgan.

O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlikni davom ettirish masalalariga ham to‘xtalgan. “Xavfsiz Ipak yo‘li” konsepsiyasini amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib Afg‘oniston yo‘nalishidagi qo‘shma sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirish muhim ekani qayd etildi.

So‘zining yakunida davlat rahbari Xitoy xalqiga Pekin shahridagi qishki Olimpiya o‘yinlari muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.
Sammit yakunida Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada mustahkamlashning muhim masalalariga doir umumiy yondashuvlar aks topgan Qo‘shma bayonot qabul qilingan.


Bu ham qiziq

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!