$
11838.92 UZS
-64.23
₽
147.05 UZS
0.3
€
13248.94 UZS
-80.21
31° Kechasi 18°

Prezident Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotovaning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi

14:20 / 30.05.2022

Prezident Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotovaning vafoti munosabati bilan taʼziya bildirdi.

“Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi og‘ir judolikka uchradi.

Mashhur fermer, Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, taniqli jamoat arbobi Lolaxon Murotova og‘ir kasallikdan so‘ng shu yil 30 may kuni 64 yoshida vafot etdi”, – deyiladi taʼziyanomada.

Shuningdek, taʼkidlanishicha, butun mamlakatning g‘urur va iftixori bo‘lgan Lolaxon Murotova 1958 yil 9 martda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatganidan so‘ng mehnat faoliyatini Oltiariq tumanidagi “Nurobod” jamoa xo‘jaligida mexanizator sifatida boshlagan, o‘z hayotini mamlakat iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i bo‘lgan qishloq xo‘jaligi bilan bog‘lagan.

Yoshlik yillaridan boshlab dehqonchilik ilmini puxta o‘rgangan L. Murotova jamoa xo‘jaligida bosh pudratchi, bo‘lim boshlig‘i, xo‘jalik raisi kabi lavozimlarda fidokorona mehnat qilib, ishni tashkil etish, mo‘l hosil yetishtirish, xo‘jalikni samarali boshqarish sohasida katta tajriba orttirgan.

Fermerlik harakatiga keng yo‘l ochilishi bilan mohir va mirishkor dehqon mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib “Nurli obod” fermer xo‘jaligiga asos soldi hamda yerning haqiqiy egasi sifatida yurtimizda fermerlik harakatini rivojlantirish va uni yangi bosqichga ko‘tarishga katta hissa qo‘shgan.

“O‘z faoliyatida doimo yangilikka intilib, ezgu tashabbuslari bilan barcha fermerlarga, ayniqsa, yoshlarga ibrat bo‘lib yashagan L.Murotova Yangi O‘zbekiston sharoitida alohida jonbozlik va g‘ayrat-shijoat ko‘rsatib ishladi. Qishloq xo‘jaligi sohasida ilg‘or agrotexnologiyalarni, boshqaruvning zamonaviy usullari va samarali vositalarini qo‘llash, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, yosh fermerlar avlodini tarbiyalashda o‘ziga xos tajriba maktabini yaratdi.

U o‘z foliyati bilan Vatanga muhabbat va sadoqatning, kasbiga fidoiylikning haqiqiy namunasini namoyon etdi. Aynan ana shunday olijanob fazilatlari bilan Lolaxon opa butun xalqimiz uchun o‘zbek ayolining haqiqiy timsoliga aylandi”, – deyiladi hamdardlik xatida.

Taʼziyanomada, shuningdek, Lola Murotovaning jamoat ishlarida ham faol ishtirok etgani, uning bu boradagi serqirra faoliyati yoshlarni, xotin-qizlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, ularni ish bilan taʼminlash, hayotda o‘z o‘rnini topishida yaqindan ko‘mak berish, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qishloq va mahallalarni obod etish, aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ezgu ishlarida yaqqol namoyon bo‘lgani taʼkidlanadi.

“Atoqli fermer, qishloq xo‘jaligi ilmining yetuk namoyandasi, taniqli jamoat arbobi, yoshlarning mehribon ustozi, kamtarin va samimiy inson, xalqimizning fidoyi farzandi Lolaxon Murodovaning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, – deyiladi O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev, Senat Raisi T.Norboyeva, Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov, Bosh vazir A.Aripov, Bosh vazir o‘rinbosari Sh.G‘aniyev, Farg‘ona viloyati hokimi X.Bozorov hamda O‘zLiDeP rahbari A.Hayitovlar imzolagan taʼziyanomada.


Bu ham qiziq

FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

2027 yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan FIFA U-20 Jahon chempionati 17-sentabrdan 9-oktabrgacha davom etadi. B…
23:44 / 22.10.2026
Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Ozarbayjon va Turkmaniston vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Ozarbayjon va Turkmaniston vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobod shahrida g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatuvchi xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti …
16:02 / 21.10.2026
22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026
Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Samarqand va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 5 kilogramm 527 gramm opiy moddasi musodara qil…
09:45 / 21.10.2026
Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Fransiyalik jurnalist, “Georama” nashriyoti asoschisi va direktori Didye Labush “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro …
10:18 / 22.10.2026
Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatidagi 54 million dollarlik “Sulton Tex Group” to‘qimachilik fabrikasi faoliy…
15:58 / 21.10.2026
Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Ashxobodda tashkil etilgan “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasi menda juda iliq taassurot qoldirdi.
09:19 / 22.10.2026
AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) Milliy xavfsizlik vazirligiga Meksika chegarasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan issiqlik nuri…
23:56 / 22.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva tarmoq…
14:49 / 24.10.2026
Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron 22-oktabr kuni Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri yonib ketgani yoki shikastlanganini ma’lum qildi. Hodisalarga Eron …
23:59 / 22.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!