$
12648.12 UZS
-26.88
138.42 UZS
0.06
13622.03 UZS
5.28
30° Kechasi 17°

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon bilan tabrikladi

09:12 / 12.03.2024

Butun Yer yuzidagi islom ummati bilan birga jonajon O‘zbekistonimizning barcha mo‘min-musulmonlari ham qutlug‘ va muborak Ramazon oyini xursandchilik bilan kutib oldilar.

Dunyo musulmonlari uchun eng aziz va qadrli bo‘lgan, barcha ezgu niyatlar ijobat bo‘ladigan Ramazoni sharifning kirib kelishi bilan siz, azizlarni, butun xalqimizni chin yurakdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etaman.

Avvalo, qalblarimizga iymon nurini bag‘ishlaydigan ushbu ulug‘ ayyomni yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik muhitida, oilamiz, el-yurtimiz davrasida kutib olayotganimiz uchun Parvardigori olamga cheksiz shukronalar aytamiz.

Ma’naviy poklanish, sabr-qanoat, xayru saxovat fazilatlari ziyoda bo‘ladigan mohi Ramazonni milliy an’ana va qadriyatlarimizga mos, yuksak darajada o‘tkazish, yurtimiz musulmonlarining ibodat amallarini emin-erkin ado etishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi.

“Inson qadri – ulug‘” degan olijanob tamoyilimizdan kelib chiqqan holda, mazkur fazilatli oyda xalqimiz manfaatlarini ta’minlash, yosh avlodimizni bilim-ma’rifat, yaxshi xulq-odob sohiblari etib tarbiyalash, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatimiz, el-yurtimiz o‘rtasida mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan savobli ishlarimiz yanada ziyoda bo‘ladi, deb ishonamiz.

Zero, hadisi shariflarda zikr etilganidek, bu oyda qilingan birgina yaxshilik o‘n karra mukofot bo‘lib qaytadi.

Ming afsuski, bugun dunyoning bir qancha mintaqalarida notinchlik, qarama-qarshilik va to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda, begunoh insonlarning qoni to‘kilmoqda. Biz butun xalqimiz bilan birga yaratgan Egamdan dunyoda tinchlik va osoyishtalik qaror topishini, go‘zal diyorimizdagi tinch-osuda hayot bardavom bo‘lishini chin dildan so‘rab, Qadr kechalarida ixlos bilan duolar qilamiz.

Fursatdan foydalanib, ushbu shukuhli lahzalarda dunyo mo‘min-musulmonlarini, do‘st va hamkorlarimizni muqaddas Ramazon oyi bilan samimiy qutlab, ularning davlatlari va xalqlariga tinchlik-omonlik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.

Ramazoni sharif el-yurtimizga qut-baraka, har bir xonadonga shodu xurramlik, yangi yutuq va omadlar olib kelsin!

Ramazon oyi yana bir bor barchamizga muborak bo‘lsin!


Bu ham qiziq

Samarqandda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Samarqandda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 06.05…
10:53 / 06.05.2024
O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

Shuningdek vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
17:46 / 06.05.2024
Statistika: Oʻzbekistonda qancha odam internetdan foydalanadi?

Statistika: Oʻzbekistonda qancha odam internetdan foydalanadi?

Bu esa aholining 16,7 foizi oflayn rejimda boʻlganini anglatadi.
16:16 / 06.05.2024
Aktyor Dueyn Jonson mas’uliyatsizlikda ayblanmoqda. U tufayli “Qizil” filmi 50 million dollar zarar ko‘rgan

Aktyor Dueyn Jonson mas’uliyatsizlikda ayblanmoqda. U tufayli “Qizil” filmi 50 million dollar zarar ko‘rgan

Natijada “Qizil” filmi xarajatlari 200 million dollardan 250 million dollarga oshib ketdi.
16:50 / 05.05.2024
“Robocop” endi Toshkent ko‘chalarida patrullik qilmoqda

“Robocop” endi Toshkent ko‘chalarida patrullik qilmoqda

Toshkentda jamoat tartibini nazorat qiluvchi robot test rejimida ishlay boshladi.
16:18 / 06.05.2024
Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Ma’lumki, birinchi qon guruhi universal bo‘lib, boshqa istalgan qon guruhidagi odamga uni quyish mumkin.
14:33 / 05.05.2024
Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Qayd etilishicha, bu bir hafta ichida ikkinchi marotaba sodir bo‘lgan.
16:41 / 06.05.2024
Endi tish o‘stiradigan preparat orqali ularni o‘stirish mumkin

Endi tish o‘stiradigan preparat orqali ularni o‘stirish mumkin

U kelgusida kariyes tufayli tishlaridan ayrilgan bemorlarga yordam beradi.
15:43 / 05.05.2024
Toshkentda “One Run” xalqaro yugurish yarim marafoni bo‘lib o‘tadi

Toshkentda “One Run” xalqaro yugurish yarim marafoni bo‘lib o‘tadi

Ishtirokchilar uchun 4 turdagi masofa mavjud: 21 km, 10 km, 5 km va 1 km.
12:33 / 06.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!