2024-yilning yanvar oyi uchun taqdim qilingan maʼlumotga koʻra, Oʻzbekistonda internetdan foydalanish darajasi jami aholining 83,3 foizini tashkil qilgan. Raqam hisobida esa bu 29,52 mln nafar foydalanuvchi deganidir.
Tahlilda yozilishicha, 2023-yilning yanvaridan 2024-yilning yanvarigacha Oʻzbekistonda internet foydalanuvchilarining soni 436 ming nafarga yoki 1,5 foizga ortgan.
Qizigʻi shundaki, yil boshida 5,91 mln nafar shaxs umuman internetdan foydalanmagan. Bu esa aholining 16,7 foizi oflayn rejimda boʻlganini anglatadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!