$
11813.21 UZS
23.88
136.71 UZS
0.23
13719.86 UZS
17.12
31° Kechasi 18°

Prezident “O‘zstandart” agentligiga xalqaro sertifikatlarni joriy qilish vazifasini qo‘ydi

17:12 / 11.03.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur yig‘ilishda yangi bozorlarga kirish uchun mahalliy sanoatga xalqaro standartlarni keng joriy qilish zarurligi qayd etilgan.

Misol uchun, 2019-2021-yillarda 2 mingta eksportchi xalqaro sertifikatlar olgani hisobiga ularning eksporti 1,5 barobarga (590 million dollardan 920 million dollarga) oshdi.

Shu bois, “O‘zstandart” agentligiga 2022-yilda:

- to‘qimachilik sanoatida 150 ta;
- elektrotexnikada 50 ta;
- oziq-ovqat sanoatida 200 ta korxonada xalqaro sertifikatlarni joriy qilish vazifasi qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, buning uchun 1-mayga qadar har bir viloyatdagi Loyiha ofislari huzurida kamida ikkitadan Xalqaro standartlarni o‘rgatish markazlarini tashkil etish topshirilgan.

Bunda, hududlarning ixtisoslashuviga qarab, ularga xorijiy mutaxassislarni olib kelish va mahalliy korxonalarga xalqaro standartlarni o‘rgatish boshlanadi.

Shuningdek, joriy yil 1-iyunga qadar to‘qimachilik sanoatida 2 ta, elektrotexnikada 1 ta, oziq-ovqat sanoatida 3 ta laboratoriya tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda qurilish materiallari sohasida 2022-yilda 28 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish hamda 600 million dollarlik eksportni ta’minlash zarurligi ta’kidlangan.

Bundan tashqari, mutasaddilar viloyat hokimlari bilan birga 2022-yilda 1,8 milliard dollarlik 420 ta yirik loyihani amalga oshirishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.

1-iyulga qadar 150 million dollar, yil yakuniga qadar yana 300 million dollar mablag‘larni jalb etib, sohadagi investitsiya loyihalarini muddatida moliyalashtirishni tashkil etish zarurligi aytib o‘tilgan


Bu ham qiziq

Qashqadaryo va Jizzaxdagi nomsiz cho‘qqilarga yangi nom berildi

Qashqadaryo va Jizzaxdagi nomsiz cho‘qqilarga yangi nom berildi

Qashqadaryo va Jizzax viloyatlaridagi shu kungacha rasman nomlanmagan ikki tog‘ cho‘qqisiga yangi nom berildi. Bu haqda Vazi…
10:21 / 08.09.2026
Rossiya Xarkovda Ukraina harbiy texnikalariga zarba berganini ma’lum qildi

Rossiya Xarkovda Ukraina harbiy texnikalariga zarba berganini ma’lum qildi

Rossiya Qurolli kuchlari Xarkov viloyatida Ukraina qo‘shinlariga tegishli harbiy texnikalarga dronlar orqali zarba berganini…
15:21 / 09.09.2026
Toshkent–Andijon yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent–Andijon yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

10-sentyabrdan Toshkent–Andijon yo‘nalishida zamonaviy tezkor CRRC-Dalian elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. U amaldag…
15:51 / 09.09.2026
Rossiyada qarovsiz qolgan 11 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Rossiyada qarovsiz qolgan 11 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar voyaga yetmagan o‘zbekistonlik bola O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijti…
10:45 / 08.09.2026
Tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisi jazolandi

Tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisi jazolandi

Toshkent shahrida tez tibbiy yordam avtomashinasiga yo‘l bermagan BYD haydovchisiga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi. Bu haq…
09:49 / 09.09.2026
O‘zbekistonda qamalganlar soni 22 foizga oshdi

O‘zbekistonda qamalganlar soni 22 foizga oshdi

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi yarmida sudlar tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganlar soni 22 foizga o…
11:57 / 07.09.2026
O‘zbekiston quruvchilari Serbiyada 200 kilometrlik temiryo‘l loyihasida ishtirok etadi

O‘zbekiston quruvchilari Serbiyada 200 kilometrlik temiryo‘l loyihasida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik quruvchi va temiryo‘l mutaxassislari Serbiyada temiryo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda yangi t…
12:55 / 08.09.2026
O‘qituvchilarga 1-oktyabr munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot puli berilishi mumkin

O‘qituvchilarga 1-oktyabr munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot puli berilishi mumkin

Pedagog va rahbar xodimlarga 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot pul…
12:45 / 08.09.2026
Qozog‘iston bolalar uchun fastfud reklamasini cheklamoqchi

Qozog‘iston bolalar uchun fastfud reklamasini cheklamoqchi

Qozog‘istonda bolalarga mo‘ljallangan fastfud reklamalarini cheklash taklif qilinmoqda.
15:43 / 09.09.2026
O‘zbekistonning PISA 2025 natijalarida ijobiy o‘sish qayd etildi

O‘zbekistonning PISA 2025 natijalarida ijobiy o‘sish qayd etildi

O‘zbekiston PISA 2025 xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va ta’lim tizimi qatorida ishtirok etdi. Mamlakat mazkur xalqaro baho…
14:13 / 08.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!