Joriy yilning 4-sentyabr kuni Qo‘rg‘ontepa tumani “Xon ko‘cha” mahallasi hududidan o‘tgan D-137 “Teshiktosh-Oyim-Qo‘rg‘ontepa-Yorqishloq” avtomobil yo‘lining 48-kilometrida, 1996-yilda tug‘ilgan haydovchi A.Q. o‘zining boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasini Qo‘rg‘ontepa yo‘nalishida boshqarib kelib, tartibga solingan chorrahada svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib o‘tib, chorrahaning chap tomonidan chiqayotgan moped transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etib, rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetida harakatlanib kelayotgan velosiped haydovchisini ham urib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida, moped haydovchisi Sh.A. hamda velosiped haydovchisi B.N.lar yengil tan jarohati olishib, Qo‘rg‘ontepa tumani shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qilishgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Qoidabuzarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jazo chorasi ko‘rilishi ta’minlanadi”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!