$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Prezident: Toshkent shahar mahallalariga 500 milliard so‘m ajratiladi

13:45 / 22.01.2022

Mirziyoyev 21-yanvar kuni Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. 
Ulardan biri Yunusobod tumani, Shahrisabz va Amir Temur shoh ko‘chalari kesishmasi yonida qurilayotgan Tashkent Central Park majmuasidir. Ushbu investitsiya loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-dekabrdagi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Majmua uchta 15 qavatli binodan tashkil topadi. Ularda besh yulduzli mehmonxona, biznes ofislar, konferensiya zali, savdo shoxobchalari, restoranlar bo‘ladi. Atrofda landshaft dizaynli bog‘, yer ostida ikki qavatli avtoturargoh barpo etilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda binolarning asosi tiklangan. Majmua 2023-yilda qurib bitkazilishi mo‘ljallangan.
Shuningdek, davlat rahbari qurilish ishlarini jadallashtirish, kelgusida xizmat turlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

Prezident Olmazor ko‘chasida barpo etilayotgan Tashkent city mall majmuasini ham borib ko‘rdi. Bu yerda 29 qavatli mehmonxona, 30 qavatli biznes markazi, 4 qavatli savdo-ko‘ngilochar shoxobchalar binosi bo‘ladi. Ularning qurilishi jadal davom etmoqda va 2023-yilgacha ishga tushirilishi kutilmoqda.

Shu yerda qurilish tashabbuskorlari va investorlar bilan qisqa muloqot bo‘ldi. Majmua mintaqadagi eng yirik savdo markazlaridan biri bo‘lishi, unda va turdosh sohalarda 10 mingta yangi ish o‘rni yaratish mumkinligi, yaratilgan imkoniyatlar kichik va o‘rta biznes rivojiga kuchli sur’at bag‘ishlashi ta’kidlangan.


Bunda tashqari, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimligida barpo etilgan vaziyatlarni boshqarish markazini borib ko‘rgan.

Ushbu markaz aholiga zamonaviy xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan. 110 milliard so‘m mahalliy byudjet mablag‘i hisobidan 4 qavatli bino qurilgan. 60 ta server, katta hajmli kuzatuv ekrani, kompyuterlar bilan jihozlangan.


Markaz elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va issiqlik ta’minoti, yo‘l, transport, jamoat xavfsizligi kabi 60 dan ortiq soha idoralarining billing tizimi va portallari bilan integratsiya qilingan. Bu orqali mazkur sohalardagi ma’lumotlar, barcha mahalla va ko‘chalaridagi holat geolokatsiya orqali yaqqol ko‘rinib turadi. Tumanlarga biriktirilgan mutaxassislar buni onlayn rejimda kuzatib boradi va zarur paytda tezkor xizmat ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, situatsion markaz shahar infratuzilmasini tahlil qilish va rejalashtirish kabi strategik masalalar bilan ham shug‘ullanadi. Masalan, qayerda shifoxona, maktab yoki bolalar bog‘chasi qurish, qaysi yo‘l yoki muhandislik tarmog‘ini ta’mirlash zarurligi to‘g‘risida xulosa beradi. Markazda 100 nafarga yaqin malakali mutaxassislar ishlamoqda.
Prezident ushbu markaz tajribasini boshqa hududlarda ham joriy qilishga ko‘rsatma bergan.


Shu yerda Toshkent shahrida mahallabay ishlashni tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi, deyiladi xabarda.

Mamlakatda barcha sohalardagi chora-tadbirlar har bir mahallaning o‘zida tashkil etilmoqda. Toshkent shahrida ham Mahallabay ishlash agentligi boshqarmasi, 579 ta mahallada hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari faoliyat boshladi.

– Bu ikki tizim vakillari, ya’ni hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari mahalladagi islohotchi bo‘ladi. Aholi hayotini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni kasbga o‘rgatib, ishga joylashtirish masalalarida sizlardan umidimiz katta, – degan Shavkat Mirziyoyev.
Mutasaddilarga qayerda qanday sohani rivojlantirish, ishsiz aholini qaysi kasblarga o‘qitish bo‘yicha har bir mahallaning iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish topshirilgan.

Joriy yilda Toshkent shahri mahallalarida infratuzilmani yaxshilashga byudjetdan 500 milliard so‘m ajratilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, davlat tomonidan mahallalarda biznesni rivojlantirishga 476 milliard so‘m kredit va subsidiyalar beriladi. Ushbu mablag‘lar hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan, mahalladagi eng dolzarb bo‘lgan ijtimoiy va kommunal masalalarga hamda tadbirkorlik loyihalariga yo‘naltirilishi aytildi.
Toshkent shahar hokimligiga shu paytgacha birorta investitsiya loyihasi bo‘lmagan 271 ta mahalla uchun loyihalar shakllantirib, ularga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha topshiriq berildi. Yangi sanoat loyihalarini ishga tushirib, shahar eksportini 2 barobarga oshirish mumkinligi qayd etilgan.

Mahalla raislari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan suhbatda davlat rahbari ularning eng asosiy vazifasi ish samaradorligini oshirish, mahallalarda har bir oila holidan xabardor bo‘lib, “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlariga kiritilganlarga har tomonlama yordam berish, inson qadrini ulug‘lash ekanini ta’kidladi.
Yoshlar yetakchilari har kun izlanishlari va o‘z ustida ishlashlari, tuman hokimiga yangi takliflar berib borishlari kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mahallalarda qurilishi rejalashtirilgan ijtimoiy inshootlar loyihasi ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi natijalari haqida taqdimot ham o‘tkazildi, deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!