$
12758.36 UZS
-19.76
163.34 UZS
-0.67
14820.11 UZS
-111.12
38° Kechasi 24°

Prokuratura, sud, milliy gvardiya va advokatura xodimlari jinoyat ustida qoʻlga olindi

11:22 / 28.02.2023

Davlat xavfsizlik xizmatining hududlar boʻyicha boshqarmalari hamda viloyatlar prokuraturalari tomonidan bir nechta mulozimlarning jinoyat sodir etgani aniqlangan.

Xusussan, Navoiy viloyat prokuraturasi noziri firibgarlik yoʻli bilan mahalliy fuqarodan 10 mln. soʻm olgan vaqtida ushlangan.

Aniqlanishicha, nozir oʻzining tanishlari imkoniyatlari orqali uni Navoiy shahar hokimligi uy-joy va yotoqxonalardan foydalanish boshqarmasi tasarrufidagi yotoqxonalardan biriga navbatsiz joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Doʻstlik tuman sudining xodimi esa Sharof Rashidov tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs bilan birga, Jizzax shahrida yashovchi fuqaroning nikohdan ajratish haqidagi daʼvosini fuqarolik ishlari boʻyicha sudda ishlaydigan tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 4 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 2 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida DXX va prokuratura xodimlari tomonidan ushlangan.

Muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan Guliston shahridagi Advokatlar hayʼati advokati 2021 yilda mahalliy masʼuliyati cheklangan jamiyatga bankdan 240 ming AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishida yordam berganligi uchun xizmati evaziga uning rahbaridan 12 ming AQSh dollari olgan.

Biroq, bank tomonidan olib borilgan monitoring jarayonida masʼuliyati cheklangan jamiyat kredit mablagʻini maqsadsiz ishlatganligi aniqlanib, prokuratura organlari tomonidan uning rahbariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Shu bilan birga, Sirdaryoda advokat muqaddam olgan 12 ming AQSh dollaridan 1 000 AQSh dollarini MChJ rahbariga qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, Milliy Gvardiyaning Samarqand viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi Ishtixon tumanlararo qoʻriqlash boʻlimida qorovul lavozimida ishlovchi shaxs oʻzining qarindoshiga muqaddam hokimlik tomonidan bogʻdorchilik qilish uchun berilgan 70 sotix yer maydonini xaridorga 175 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 100 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Maʼlum qilinishicha, hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- (Firibgarlik) va 211- (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025
Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Siyosatchining fikriga ko‘ra, bu urushda baribir imkoniyatlar noteng bo‘lib qolmoqda
19:54 / 15.07.2025
Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

“AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari rasman 2028-yil 14–30-iyul kunlariga belgilangan, b…
16:54 / 16.07.2025
Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Bosh vaziri matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan bayonot berdi.
17:01 / 15.07.2025
Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025
Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Ikki mamlakat ham o‘zining harbiy xarajatlari muhimroq deb hisoblaydi
21:35 / 16.07.2025
Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Sergey Lavrov Si Szinpin bilan uchrashuvda shunga erishilganini ma’lum qildi
19:23 / 15.07.2025
16-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

16-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
22:15 / 15.07.2025
Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qo‘shnilarimiz qimmatbaho toshning ancha qismini ruslardan olmoqda
18:56 / 16.07.2025
ShHTning navbatdagi sammiti Xitoyda bo‘lib o‘tadi

ShHTning navbatdagi sammiti Xitoyda bo‘lib o‘tadi

Xitoy 31-avgustdan 1-sentyabrga qadar Tyanjin shahrida ShHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti) sammitiga mezbonlik qiladi. Bu ha…
14:52 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!