$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Qamashida 4 nafar bola o‘qiydigan maktab filiali aniqlandi (video)

12:50 / 22.12.2021

Ijtimoiy tarmoqlarda Qamashi tumani Sartuldi qishlog‘ida joylashgan 15-umumiy o‘rta ta’lim maktab filiali holatining videolavhasi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Videotasvirda fuqaro mazkur maktab filialining yaroqsiz holatga kelib qolganini, bolalar sovuqda dars o‘tayotganini, shu sababli esa qishloqqa yangi maktab zarurligini aytadi.

Qamashi tuman hokimligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qishloqda 37 ta xonadon mavjud. Qishloqda 41 nafar bolalar maktab yoshida. Ularning aksariyati 15 maktabning asosiy qismida tahsil olishadi. Faqatgina 4 nafar bolajonlar maktab filialida ta’lim olib kelmoqda. Tarqalgan videoda bolalar soni 11 nafarni tashkil qilgan.

Tuman hokimligi Matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati va tuman XTB hamda hokimlik mas’ullari ishtirokida joyida o‘rganish olib borilgan.

Mas’ullarni axborotiga ko‘ra, filial maktabda jami 4 nafar (2-sinfda 1 nafar, 3- sinfda 1 nafar, 4-sinfda 2 nafar) o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olib kelmoqda. Ushbu qishloqdagi filial maktab komplekt-sinf ko‘rinishida shakllantirilgan.

Qayd etilishicha, Sartuldi qishlog‘ida joylashgan 15-sonli filial maktabdan asosiy maktabgacha bo‘lgan oraliq masofa 12 km. ni tashkil etadi.

Mutasaddilar tomonidan holat o‘rganildi va maktab filiali binosi foydalanishga yaroqsiz deb topilib, yopildi.

4 nafar bolalarning asosiy maktabda o‘qishi uchun esa tuman hokimligi hisobidan avtotransport vositasi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Shuningdek, aholining demografik o‘sishini hisobga olib 2023-yilda ushbu hududda 60 o‘rinli maktab qurilishi uchun investisiya dasturiga taklif kiritilishi ma’lum qilindi.  

 


Bu ham qiziq

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!