$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Qariyb 300 million so‘m masjid pullarini o‘zlashtirgan imom-xatib 5 yilga qamaldi

11:47 / 13.09.2022

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat sudining sudlov hay’ati apellyatsiya  instansiyasining navbatdagi ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda sudlanuvchi (ism-shariflari o‘zgartirildi) R.Qo‘shshayevning apellyatsiya  tartibidagi shikoyati ko‘rib chiqildi.

R.Qo‘shshayev O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali, 3 nafar farzandning otasi.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra 2 yil muddatga diniy muassasalarda ishlash huquqidan va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.

Qayd etilishicha, sudlanuvchi R.Qo‘shshayev 2013-yil 13-iyuldan Jizzax shahar “Obod” mahallasi hududida joylashgan “Imom Buxoriy” jome masjidi imom xatibi vazifasida ishlab kelgan. Ammo u ish jarayonida o‘ziga ishonib topshirilgan o‘zganing mol-mulkini o‘zlashtirish darajasiga borib yetgan. R.Qo‘shshayev 1998-yil 23-iyunda tasdiqlangan “Imom Buxoriy” masjidi ustavi hamda O‘zbekiston Musulmonlar idorasining 2021-yil 19-yanvardagi “Masjidlarda naqd pul mablag‘lari aylanmasining oldini olish hamda ehson qutilaridan foydalanishni tartibga solish xususida”gi 01A/08-sonli buyruq talablariga rioya qilmagan. Buning natijasida A.Burxonov tomonidan masjid uchun xayriya qilingan va ya’ni masjidni qaytadan qurish ishlarini boshlash uchun berilgan 190.000.000 so‘m xayriya pullari masjid hisob raqamiga kirimlarida qayd qilinmagan. Bu pul mablag‘larini imom-xatib o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilib yuborgan.

“Beli og‘rimay topgan pullarining mazasi uni yana jinoyat sari yetakladi. Endi u “Bahor plastics” MCHJ rahbariyati tomonidan xayriya qilingan 30.000.000 so‘mlik kir yuvish kukunlaridan tushgan pullarni masjid hisob raqamiga kirim qilishni xayoliga ham keltirmadi. Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq kunga qolmay chiqishini, bu pullar keyin boshiga balo bo‘lishini o‘ylab ham qo‘rmadi.

R.Qo‘shshayev J.Qosimov bilan anchadan buyon tanish edi. Uni ham masjid qurilishi uchun moddiy yordam berishga ko‘ndirgan imom xatib osongina 5 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritdi. Bu pullar ham masjid hisob raqamiga kirim qilinmadi, uning nafsi uchun xizmat qildi”, – deyiladi xabarda.

Sud kursisiga o‘tirishga majbur bo‘lgan sudlanuvchi R.Qo‘shshayev o‘z shikoyatida, birinchi instansiya sudi ishni bir tomonlama ko‘rib chiqqanligi, oilaviy ahvoli, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligini inobatga olib, ishni adolatli ko‘rib chiqishni so‘ragan. Shuningdek, u mazkur masjidda to‘qqiz yildan buyon mehnat qilishi, masjidga ko‘p mehnati singgani, unga qo‘yilgan ayblovga to‘liq iqror emasligini bildirgan.

Sudlanuvchining sud hukmida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi sud majlisida so‘roq qilingan jabrlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatuvlari, arizalari, tushuntirish xatlari, SMS yozishmalaridan nusxalar, jinoyat ishida to‘plangan dalillar bilan to‘liq o‘z tasdig‘ini topgan.

Birinchi instansiya sudi dalillar va asoslarga tayanib, uning jinoiy harakatini O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3 qismi “a” bandi bilan to‘g‘ri kvalifikasiya qilinganligi to‘g‘risida to‘xtamga keldi.

Xulosalar natijasiga ko‘ra, unga JKning 45-moddasiga asosan muayyan huquqidan mahrum qilish qo‘shimcha jazosini qo‘llagan holda, JKning 167-moddasi 3-qismi sanksiyasi doirasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, apellyatsiya  instansiya sudi, sud hukmini o‘zgarishsiz, shikoyatni qanoatlantirishsiz qoldirishni lozim topgan.

 


Bu ham qiziq

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. U…
15:30 / 10.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026
“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi.
17:21 / 10.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Sudning ajrimiga asosan, mazkur jinoyat işi 18-noyabr kuni körib çiqiş uçun tayinlangan bölib, jabrlanuvçi voyaga yetmaganli…
11:02 / 11.11.2026
Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!