$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Qashqadaryodagi yangi zavod yiliga 3,6 mlrd metr kub tabiiy gazni qayta ishlaydi

16:57 / 25.12.2021

Bugun, 25-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatidagi “Uzbekistan GTL” zavodiga tashrif buyurdi va majmua bo‘ylab yurib, texnologiyalarni ko‘zdan kechirdi.

Zavodning qiymati 3 milliard 420 ming AQSh dollari, binolar maydoni 135 gektar. Qurilishda bir vaqtning o‘zida 13 mingdan ortiq muhandis va ishchilar qatnashgan.

Qayd etilishicha, bunday yirik majmua shu paytgacha jahonda faqat 4 ta davlatda – Qatar, Nigeriya, Janubiy Afrika Respublikasi va Malayziyada barpo etilgan, xolos.

Zavodda Yaponiya, Koreya, Singapur, AQSh, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Xitoy kabi 24 ta davlatdagi 130 ga yaqin yetakchi korxonalarda tayyorlangan 10 mingdan ziyod uskunalar o‘rnatilgan. Texnologik yechimlar, uskuna va jarayonlarni qo‘llash uchun 140 ta xalqaro litsenziya va patentlar olingan.

Zavod yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gazni qayta ishlab, 307 ming tonna aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlash quvvatiga ega. Yana shunday texnologik imkoniyat borki, majmua beshta rejimda ishlay oladi. Qaysi mahsulotga ko‘proq buyurtma bo‘lsa, shunga moslashib, o‘sha tovar hajmi oshiriladi.

Prezident mutasaddilarga geologik qidiruv ishlarini chuqurlashtirib, bu yerdagi zavodlar uchun xomashyo zaxirasini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

– Bu tarmoqda hali rejalarimiz ko‘p. Ularga kafolatlangan xomashyo kerak. Ilgari konni topdik – sotdik. Hozir o‘zimizda qayta ishlab, xalqimizga manfaat keltirishga harakat qilayapmiz. Kelajakda bu yerdagi mahsulotlarga talab oshib boradi. Dunyo “yashil iqtisodiyot”ga o‘tayapti. Shuning uchun yangi geofizik uskunalardan foydalanib, geologik tadqiqotlarni chuqurlashtirish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bunday ulkan inshootning ishlashi uchun, albatta, katta hajmda energiya zarur. Zavodda bu borada mustaqil tizim barpo etilgan. Ya’ni, ish jarayonida hosil bo‘ladigan bug‘dan yiliga 650 million kilovatt-soat elektr energiyasi olinadi. Bu orqali zavod o‘zini o‘zi elektr bilan ta’minlaydi. Shuningdek, yaqindagi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi va endi quriladigan korxonaga ham quvvat yetkazib beradi. Buning evaziga tejalgan elektr energiyasi xonadonlar va tadbirkorlarga yo‘naltiriladi.

Davlat rahbari, bundan tashqari, Toshkent, Navoiy, Farg‘ona, Buxoro viloyatlari va Ustyurtda yana 5 ta kimyo texnologik klasteri tashkil etilayotgaini ma’lum qildi.

Shuningdek, zamonaviy laboratoriya, texnik suv ta’minoti inshooti ham ko‘zdan kechirildi.

Zavod atrofida ishlab chiqarishni satellit asosida rivojlantirish, ishchilar uchun uy-joylar, sport va madaniyat maskanlari qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Bu ham qiziq

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!