$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Qashqadaryoga 3 milliard 500 million dollar investitsiya jalb qilinadi

15:25 / 04.12.2024

Shavkat Mirziyoyev 4-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, investitsiyalarni ko‘paytirish, kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm kabi barcha yetakchi sohalar bo‘yicha Qashqadaryoning salohiyati yuqori. Yil boshidan buyon viloyatda 2 milliard dollar investitsiya o‘zlashtirilgan. 565 ming nafar aholining bandligi ta’minlanib, 90 ming odam kambag‘allikdan chiqarilgan. Yil yakunigacha yalpi hududiy mahsulot 6 foizdan ziyod o‘sishi, eksport 555 million dollarga yetishi kutilmoqda.

Viloyat salohiyati to‘la ishga solinsa, natijalar bundan ancha ko‘p bo‘ladi. Yig‘ilishda shu boradagi qo‘shimcha imkoniyatlar, yangi loyihalar ko‘rib chiqilgan.

Avvalo, oziq-ovqat xavfsizligi masalasi ustuvor bo‘ladi. Keyingi yildan Qashqadaryo kartoshka, meva, parranda go‘shti va tuxum bo‘yicha o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlashga o‘tadi. Bu borada xorijiy investorlar ishtirokida 16 ta yirik loyiha shakllantirilgan.

Misol uchun, G‘uzor, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida 300 gektarda zamonaviy bog‘ barpo etiladi. Unda yiliga qo‘shimcha 4 ming tonna meva yetishtirilib, 600 ta ish o‘rni yaratiladi. Ko‘kdala, Chiroqchi, Shahrisabz, Koson va Nishon tumanlari hududida qovun va organik sabzavotlar yetishtirish kengaytiriladi. Tarvuz konsentranti tayyorlash, shok usulida muzlatish va sublimatsion quritish yo‘lga qo‘yiladi.

Viloyatda chorvachilikni rivojlantirishga alohida urg‘u beriladi. Mintaqa va Yevropa davlatlaridan 62 ming bosh qo‘y, qariyb 10 ming bosh qoramol olib kelinib, aholi va chorvachilik xo‘jaliklari bilan kooperatsiya asosida boqiladi. Qarshi va Qamashida 1 ming boshli chorvachilik klasteri, 1 million boshli parrandachilik fabrikasi tashkil etiladi.

Paxtachilikda tayyor mahsulotlar ulushini ko‘paytirish maqsadida 233 million dollarlik 5 ta to‘qimachilik korxonasi ishga tushiriladi. Natijada mato ishlab chiqarish quvvati 51 foizga ko‘tariladi.

Shahrisabzdagi Miraki va Qamashidagi Maydanak qishloqlari, Mirishkor tumanidagi “Achinko‘l” va “Sechanko‘l” atrofida turizm jadal rivojlanmoqda. Shu kabi maskanlarga 300 million dollar investitsiya kiritib, 200 dan ziyod mehmon uylari va mingta savdo shoxobchasi tashkil etish rejalashtirilgan. Ularda 5 ming kishi ishli bo‘ladi.

Tadbirkorlar viloyatdagi 147 ta noruda qazilma konlari negizida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni taklif qilyapti. Bunga 209 million dollar investitsiya kiritiladi, konlar bosqichma-bosqich auksionga chiqariladi.

Prezident farmoniga muvofiq, shu yil 1-noyabrdan O‘zbekistonda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi boshlandi. Qashqadaryodagi 6 ta yirik korxona bu xayrli ishga hissa qo‘shib, keyingi yil 10 mingdan ziyod fuqaroni kambag‘allikdan chiqarish tashabbusini bildirgan. Bundan tashqari, banklar ishtirokida 86 ta drayver loyihani va 33 mingta mikroloyihani ishga tushirib, yana 70 ming insonni daromadli qilish ko‘zda tutilgan. Bular orqali viloyatda kambag‘allik darajasi hozirgi 8,6 foizdan 6,5 foizga pasayadi.

Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati hokimi shu kabi rejalarni taqdimot qildi. Jumladan, kelgusi yilda 3 milliard 500 million dollar investitsiya jalb qilish, eksportni 1 milliard dollarga yetkazish, 300 ming ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan.

Mirziyoyev bugungi ko‘rsatkichlar viloyat imkoniyatlariga mos emasligini ta’kidlab, natijadorlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. Tashabbuskorlar bilan ishlab, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasida yana 300 million dollarlik loyihalarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.


O‘zbekiston


														
														Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026

														
														Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026

														
														Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026

														
														Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026

														
														Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026

														
														Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026

														
														Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

														
														Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

														
														AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

														
														Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!