$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
24° Kechasi 12°

Qirg‘iz-tojik chegarasida bo‘lgan mojaro yuzasidan tojik tomoni munosabat bildirdi

16:25 / 25.12.2021

Tojikiston chegara qo‘shinlari Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi so‘nggi kunlardagi chegaraoldi hududi  voqealariga munosabat bildirdi.

Rasmiy tomon bildirgan izohda qirg‘iz chegarachilari muntazam ig‘vogarlik maqsadida ish yuritayotganligi ta’kidlangan.

“Keyingi vaqtlarda Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari va chegarachilari tomonidan chegaradagi vaziyatni qaltislashtirishga olib keladigan voqealar uchramoqda”, – deb hujjatdan iqtibos keltiradi “Xovar” nashri.

Tojikiston chegara qo‘shinlari davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma’lumotriga ko‘ra, faqat 22-dekabrning o‘zida Qirg‘iziston bilan bog‘liq 3 ta hodisa yuz bergan. Jumladan, Lashx tumanidagi Chashma qishlog‘ida chegarani buzib o‘tayotgan Qirg‘iziston davlat raqamlari bo‘lgan “Opel” rusumli avtomobil to‘xtatilganda, uning ichida to‘rt nafar qurollangan qirg‘iz chegarachilari bo‘lgan.

“Chegarani noqonuniy kesib o‘tish va Tojikistonga bostirib kirish haqida suhbat va tushuntirish asnosida qirg‘iz chegarachilari ularga rahbariyat tomonidan shunday topshiriq berilganini aytishdi. Avval qabul qilingan kelishuv doirasida qirg‘iz chegarachilari Qirg‘iziston hududiga qaytarilgan” – deb ta’kidlangan Tojikiston tomoni bayonotida.

Boshqa g‘ayriqonuniy harakat Sug‘d viloyati Xistevar aholi istiqomat hududida kuzatilgan. Bunda Qirg‘iziston davlat raqamli benzin tashuvchi mashina chegara hududida to‘xtamasdan, Tojiston tomon harakat qilgan. Haydovchi tojik chegarachilarining to‘xtash haqidagi talabiga quloq solmasdan, aksincha, tezlikni oshirgan va chegarachilarni bosib ketishiga oz qolgan.

“Ko‘rilgan chora natijasida (qanday chora ekanligi aytilmagan) yuk mashinasi to‘xtatilgan, haydovchi qo‘lga olingan” – deb voqea tafsilotlari beriladi munosabatda.

O‘sha kunning oqshomida esa qo‘shni mamlakat fuqarolari Qirg‘iziston Mayskiy qo‘rg‘onidan Sug‘d viloyati, Isfara shahri Somoniyon qishlog‘iga quroldan o‘t ochganlar. Bunda oynalar singan.

“Bo‘lib o‘tgan barcha voqealar yuzasidan ikki davlat chegara vakillari doirasida xizmat uchrashuvlari o‘tkazildi” – ta’kidlanadi hujjatda.

O‘z navbatida qirg‘iz ommaviy axborot vositalarida KamAZ mashinasi bilan bog‘liq voqea boshqacha tasvirlangan. Ularda aytilishicha, tojik chegarachilari suv tashiydigan (benzin emas) mashina haydovchisiga o‘t ochishgan.

“Tojikiston Respublikasi chegarachilari vakillari tojik chegarachilari harakatini noqonuniyligi ular tomondan qurolning ishlatilishi adolatdan bo‘lmaganini to‘liq tan olishdi” – deb aytilgan Qirg‘iziston chegara qo‘shinlari xizmatida.

Eslatib o‘tamiz, Sovet ittifoqi qulashi ortidan Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi bahsli hududlardagi masalalar hamon hal etilmagan. 30 yildirki, chegaradagi delimitatsiya va demarkatsiya ishlari yakunlamagan, 976 kilometrli chegara chizig‘idan faqat 520 kilometri ikki davalt tomonidan rasmiylashtirilgan.

Tojik-qirg‘iz chegarachilari o‘rtasidagi yirik to‘qnashuvning so‘nggisi joriy yilning 28–29-aprelda ro‘y bergan. Qurolli to‘qnashuvda ikkala tomondan 55 nafar kishi halok bo‘lgan va 300 dan ortiq kishi jarohatlangan.



														
														Xitoy “Shenchjou-18” kosmik kemasini uchirdi

Xitoy “Shenchjou-18” kosmik kemasini uchirdi

U sun’iy yo‘ldoshini uchirish markazidan uchirilgan.
12:16 / 26.04.2024

														
														Isroil samolyoti G‘azodagi mahalliy aholiga zarba berdi

Isroil samolyoti G‘azodagi mahalliy aholiga zarba berdi

Hujum oqibatida bir falastinlik halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan.
12:14 / 26.04.2024

														
														Germaniyada Adidas va Nike o‘rtasidagi sud boshlandi

Germaniyada Adidas va Nike o‘rtasidagi sud boshlandi

Biroq Nike bu da’volarni asossiz deb hisobladi.
12:06 / 26.04.2024

														
														Olmaota aeroportida Air Astana uchuvchisi narkotik mastlik holatida qo‘lga olindi

Olmaota aeroportida Air Astana uchuvchisi narkotik mastlik holatida qo‘lga olindi

U yo‘lovchi sifatida uchib ketmoqchi bo‘lgan.
11:59 / 26.04.2024

														
														Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Yetkazib berish Iordaniya Qurolli Kuchlari va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
18:08 / 25.04.2024

														
														Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Bu haqda Reuters xabar berdi.
15:01 / 25.04.2024

														
														Afg‘onistonga O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

Afg‘onistonga O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi ma’lum qildi.
14:16 / 25.04.2024

														
														“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

Rossiya parlamentining quyi palatasi spikeri Shvetsiyada yangi qonun o‘z fuqarolarining fikriga zid ravishda qabul qilinganl…
11:30 / 25.04.2024

														
														Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Qayd etilishicha, chiqindilarning asosiy qismi (60%) uy xo‘jaliklaridan chiqadi.
17:26 / 24.04.2024

Bu ham qiziq

Uzun sochli ukrainalik ayol dunyo rekordini yangiladi

Uzun sochli ukrainalik ayol dunyo rekordini yangiladi

Uning sochlarining uzunligi 257 santimetrga yetgan.
09:04 / 25.04.2024
Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Sud hujjatlarida ko‘rsatilishicha, ular tez-tez janjallashib turgan.
17:53 / 24.04.2024
Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning yarmini 31-55 yoshdagilar.
11:21 / 26.04.2024
O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq bugun “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali afg‘on xalqiga qariyb…
08:51 / 26.04.2024
Xitoy “Shenchjou-18” kosmik kemasini uchirdi

Xitoy “Shenchjou-18” kosmik kemasini uchirdi

U sun’iy yo‘ldoshini uchirish markazidan uchirilgan.
12:16 / 26.04.2024
Olmaota aeroportida Air Astana uchuvchisi narkotik mastlik holatida qo‘lga olindi

Olmaota aeroportida Air Astana uchuvchisi narkotik mastlik holatida qo‘lga olindi

U yo‘lovchi sifatida uchib ketmoqchi bo‘lgan.
11:59 / 26.04.2024
Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning…
08:17 / 26.04.2024
O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

Bu 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra.
12:40 / 25.04.2024
15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!