Insoniyat dunyodagi oziq-ovqat mahsulotlarining deyarli beshdan bir qismini isrof qiladi. Bu haqda BMT Atrof-muhit dasturi hisobotida aytiladi.
Qayd etilishicha, chiqindilarning asosiy qismi (60%) uy xo‘jaliklaridan chiqadi. Har bir inson yiliga 79 kilogramm oziq-ovqat va oziq-ovqat qoldiqlarini tashlaydi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sayyoramizda sakkiz yuz millionga yaqin odam oziq-ovqat tanqisligidan aziyat chekmoqda.
“Oziq-ovqat chiqindilari global iqtisodiyotga zarar yetkazishda davom etmoqda va iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitning ifloslanishi va vayron bo‘lishiga hissa qo‘shmoqda”, - deya ta’kidlaydi hisobot mualliflari.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!