$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Qishda Toshkentda energetika inqirozining oldini olish uchun nimalar qilinmoqda?

12:22 / 23.11.2023

Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov 22-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida boʻlib oʻtgan hukumat soatida Toshkent shahrida qish mavsumiga tayyorgarlik haqida gapirdi.

Uning soʻzlariga koʻra, oʻtgan yilning noyabr oyida Oʻzbekistonda elektr energiyasi isteʼmoliga kunlik cheklovlar joriy qilingan.

“Respublika hududida kuniga 10−16 million kVt/soat, anomal sovuq kunlarda esa 20 million kVt/soatgacha cheklovlar kiritildi. Toshkentda [energiya taʼminoti bilan bogʻliq] qanday muammo bor edi? Tabiiy gaz bosimi tushib ketishi oqibatida, yaʼni isitish imkoniyati boʻlmaganidan keyin koʻpchilik elektr energiyasini [isitish uchun] yoqdi. Soʻng yuklamani koʻtara olmay, sim yondi, transformatorlar yondi, podstansiyalarda avariyalar holatlar boʻldi”, — dedi u.

Vazir prezidentning 2023-yil 11-martda (PQ-91) qabul qilingan qaroridan koʻzlangan asosiy maqsad, ayniqsa, Yunusobod va Olmazor tumanlaridagi yirik podstansiyalardan alohida kabellarni boshqa podstansiyalarga toʻgʻri taqsimlash ekanini taʼkidladi.

Bundan tashqari, aholi gaz taʼminoti tizimiga isitish markazlari (IM) ulangani sababli IM-3 va IM-5 uchun sanoat tarmogʻidan alohida gaz quvurlari tortib kelingan.

“Agar yirik stansiyalarda issiqlik taʼminotini saqlab turish uchun mazut yoqish imkoni boʻlsa, bu qozonxonalarda gaz bosimi pasayganda bunday imkoniyat boʻlmagan. Bu qozonxonalar toʻliq taʼmirlanib, mazut yoqishga ham ixtisoslashtirildi. Mazutni saqlash tizimlari yaratildi. Bugungi kunga qadar IM-3 va IM-5ʼda 2 ming tonnalik mazut zaxirasi yaratildi”, — dedi u.

Mirzamahmudovning soʻzlariga koʻra, Chilonzor tumanida 51 ta koʻp qavatli uy uchun pilot loyiha doirasida Amerikaning Caterpillar kompaniyasining gaz porshenli dvigatelli kogeneratsion bloki qurilgan boʻlib, u hatto past gaz bosimida ham — 0,3 atmosfera va gaz bosimida ishlay oladi. U ham elektr, ham issiqlik ishlab chiqaradi.

Poytaxtning yana sakkiz tumanida bunday qurilmalarni qurish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik shartnomasi imzolandi, deya qoʻshimcha qildi Energetika vazirligi rahbari.

“Yil oxiriga qadar Toshkent shahrida quvvati 664 MVt-amper va 110 kV kuchlanishli beshta podstansiya, shuningdek, 101 kilometr uzunlikdagi 35 — 110 kV elektr uzatish liniyalari foydalanishga topshiriladi, shuningdek, toʻrtta podstansiya rekonstruksiya qilindi, buning natijasida ularning oʻtkazish quvvati 129 MVt-amperga oshadi. 32,5 km kabellar zamonaviyroq qilib yangilandi”, — dedi u.

 Vazirning taʼkidlashicha, anomal sovuq va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish algoritmi ishlab chiqilgan, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini elektr energiyasi, gaz va issiqlik taʼminotisiz qoldirmaslik maqsadida yirik isteʼmolchilar (korxona, zavodlar) kerak boʻlsa, taʼminotdan uziladi.

“Oʻtgan yilning 22-noyabr holatiga IESlarimizda 46 ming tonna mazut zaxiramiz boʻlgan boʻlsa, hozirgi kunda 340 ming tonnadan ortiq zaxiramiz bor. Yaʼni mazut zaxirasi qilindi, kafolatlangan gaz zaxirasi yaratildi. Oʻtgan yili yerosti gaz saqlash omborlaridan koʻpi bilan 18 million kub metr gaz olishimiz mumkin edi, bugun esa yangi qurilma — kompressor stansiyasi tufayli 40 million kub metrgacha gaz olishimiz mumkin”, — dedi u.

Energetika vazirligi rahbarining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda davlat dasturlari doirasida va mahalliy hokimliklar hisobidan energetika tizimini modernizatsiya qilish uchun davlat byudjetidan 14 trillion soʻm sarflangan. Toshkent shahridagi ishlar uchun ham kredit mablagʻlari ajratildi.

Joʻrabek Mirzamahmudov boshqa hududlarda ham amalga oshirilgan ishlar haqida gapirib, deputatlar savollariga javob berdi. Uning nutqi bilan bu yerda toʻliq tanishish mumkin.

Oʻzbekistonda, jumladan, poytaxtda yuzaga kelgan energetika inqirozidan keyin prezident mart oyida “Toshkent shahridagi isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzolagandi. Hujjatga koʻra, 2023-yilda Toshkent shahrining elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 35 — 110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning uchun 3,56 trillion soʻm kerak boʻladi. Yunusobod city, Tashkent city va boshqa hududlarda yangi podstansiyalar quriladi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan Shayxontohur tumanidagi obyektlarni qurish va taʼmirlash uchun 361,6 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan.


Bu ham qiziq

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!