$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Qo‘lma-qo‘l bo‘layotgan “Ohangaronsement”:  u endi oligarx Usmonov kompaniyasi nazoratiga o‘tayotgan bo‘lishi mumkin

16:56 / 11.01.2022

“Akkermann Cement CA” kompaniyasi “Ohangaronsement” AJ afillangan shaxslari ro‘yxatiga kiritildi. Usolsev Yuriy Aleksandrovich “Ohangaronsement” AJ bosh direktori etib tayinlangan.

Bloger Qobil Xidirovga ko‘ra, u ayni bir paytda “Akkermann Cement CA” MChJ rahbari hamdir. Mazkur jamiyat to‘lig‘icha Rossiyaning “Akkermann Cement” kompaniyasiga tegishli bo‘lib, kompaniyaga USM Cement, unga esa USM Holding egalik qiladi.

“Bu xoldingning asoschisi va asosiy aksiyadori Alisher Usmonovdir. Bundan ko‘rinadiki, “Ohangaronsement” ulushi yaqin kunlarda yangi qo‘lga o‘tishi mumkin”, – deb yozadi Xidirov.

Iqtisodchi bloger Otabek Bakirov esa, “Ohangaronsement”ning ayni paytdagi asosiy benefitsiari ham Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan firma – Lamanka  Enterprises LTD ekaniga e’tibor qaratadi. U, shuningdek, mazkur zavod oxirgi 30 yilda ko‘plab “qo‘l”larga o‘tganini ta’kidlaydi.   

“Ohangaronsement” 1994-yilda xususiylashtirilgan. Zavodni mehnat jamoasi, turli ochiq bo‘lmagan xoldinglar (ko‘cha bilan birga) va qisman davlat nazorat qilgan. 2000-yillarda zavod turli sxemalar vositasida Gulnora Karimova nazoratidagi Zeromax GmbH egaligiga o‘tgan. Gulnora Karimova aktivlarni shishirib, bir necha opsiyalar ko‘rinishida sotishga juda usta bo‘lgan. Shu tariqa "Ohangaronsement" 2006-yilda “Yevrosement grup”ga juda qimmatga pullangan.

2013-yildan keyin Gulnora Karimova o‘yindan chiqarilgach, “Ohangaronsement” uchun yana yangi kurashlar boshlangan. Bir muddat o‘tib, hatto 1994-yildagi xususiylashtirish noqonuniyligi to‘g‘risidagi ajrimlar paydo bo‘lgan. Shu tariqa “Yevrosement grup” “Ohangaronsement”dan qutulmasa bo‘lmaydigan sharoitga yetib kelgan. Bu orada “Yevrosement grup” Sberbank nazoratiga o‘tishga ham ulguradi. Fe’lan 2020-yil oktyabrdan 2021-yil maygacha “Ohangaronsement”ning oxirgi benefiisiari Sberbank bo‘lgan”, – deb yozadi bloger.

Bakirovga ko‘ra, “Yevrosement grup” zavoddagi o‘z ulushini 2021-yil may oyida Kiprdagi ofshor firma Lamanka  Enterprises LTDga sotadi. Va bu kompaniya ayni paytda ham “Ohangaronsement”ning asosiy benefitsiari bo‘lib turibdi.

“Lekin oxirgi o‘zgarishlar ko‘rsatmoqdaki, zavodda mulk egaligi bo‘yicha yangi tranzit boshlangan. Agar bu yuz bersa, USM Holding oxirgi 20 yilda zavodni qo‘ldan qo‘lga olgan to‘rtinchi, balki beshinchi egasi bo‘ladi.

Yana bir gap. O‘zbekistondagi eng yirik 4ta sement zavodining barchasi Kiprdagi ofshorlar nazoratida. "Ohangaronsement"ga Lamanka  Enterprises LTD egalik qilsa, "Qizilqumsement", "Quvasoysement" va "Bekobodsement"ni boshqa bir Kipr ofshori United Cement Group o‘z nazoratiga olgan”, – deydi Bakirov.

Iqtisodchi ofshorda ro‘yxatdan o‘tgan mazkur kompaniyalarning O‘zbekistondagi sement zavodlariga egalik qilishida ularning asl benefitsiarlarini aniqlashtirib bo‘lmaslik va zavodlarga egalik qilish bo‘yicha keyingi bitimlar mamlakatdan tashqarida turib amalga oshirilish ehtimoli yuqoriligi xavfini ko‘rmoqda.

“Yana bir masala borki, bozorning yarmini nazorat qiladigan uchta sement zavodining bitta kompaniyaga, yana ofshor kompaniyaga topshirilishi bu - raqobatga ziyon keltiruvchi strategik xato ham. O‘zbekistonning monopoliyaga qarshi kurash organlari bitimlarga qanday rozilik bergan, bu alohida savolli masala. Savollar bu epoxada bo‘lmasa, keyingisida albatta beriladi.

Chunki o‘zbek syement zavodlarining qo‘lma-qo‘lligi tarixi hali yozib bitilmagan”, – deydi u.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Alisher Usmonovga tegishli USM Holding tarmoqlaridan biri “Kapitalbank”dan 8,33 foiz ulush sotib olib, bankdagi jami ulashlarini 25 foizga yetkazib olgani haqida xabar berilgan edi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!