$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Qoraqalpog‘istongi tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlangan 500 dan ortiq fuqaro hibsga olindi

13:51 / 04.07.2022

Joriy yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan namoyishlarda ishtirok etganlikda gumonlangan 516 kishi qo‘lga olindi. Bu haqida Milliy gvardiya Axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarovning Favqulodda holat davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududining komendaturasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan bergan videobayonotida ma’lum qilindi.

“Barchangizga ma’lum, joriy yil 3-iyul kuni soat 00:01 dan Qoraqalpog‘iston Respublikasida favqulodda holat rejimi o‘rnatildi. Favquloddja holat davrida soat 21:00 dan ertalab 07:00 ga qadar komendantlik soati joriy etilib, ushbu davrda vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi. Oldin xabar berganimizdek, 2022-yilning 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida bir guruh shaxslar soxta shiorlarni o‘ziga niqob qilib olgan holda aholi o‘rtasida o‘zlarining g‘arazli tashviqot va noqonuniy harakatlari bilan shahar ko‘chalariga chiqishdi va hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, tartibsizliklar keltirib chiqarishdi.

1-2 iyul kunlari tartibsizliklarda qatnashgani uchun voqea joylarida ushlangan 516 nafar fuqaro Ishchi ishlar boshqarmasiga topshirildi. Ular bilan surishtiruv ishlari olib borilyapti. Surishtiruv ishlari natijasida ayrimlarga ma’muriy choralar qo‘llanilgandan so‘ng qo‘yib yuborilmoqda”, dedi MG vakili.

Ta’kidlanishicha, farmon bilan favqulodda holat e’lon qilinganidan so‘ng, 3-iyuldan 4-iyulga o‘tar kechasi komendantlik tartibini buzgani va ko‘chalarda bemaqsad yurgani uchun 110 nafar fuqaro ushlanib, ichki ishlar idoralariga topshirilgan. 12 ta avtotransport vositalari jarima maydoniga joylashtirilgan.

Nukus shahrida patrullik xizmati davomida komendantlik soatiga rioya qilmagan 58 nafar shaxslar ushlangan. Shundan 28 nafar shaxslarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 204-moddasi – Favqulodda holat tartibining talablarini buzish bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Qolganlar bilan profilaktika suhbatlari o‘tkazilib, 07:00 dan keyin qo‘yib yuborilgan.


Bu ham qiziq

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!