$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Qum bo‘roni havodagi chang miqdorini me’yordan 30 barobargacha oshirib yubordi – “O‘zgidromet”

17:10 / 05.11.2021

“O‘zgidromet” joriy yilning 4-noyabr kuni O‘zbekiston hududida kuzatilgan qum bo‘roni haqida ayrim faktlarni e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, kecha kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududiga Qozog‘istonning janubiy viloyatlari orqali Ural-Volgabo‘yi hududlaridan sovuq qutb antisikloni front old qismi kirib kelgan. 

Qozog‘istondan kirib kelgan kuchli shamollar Jizzax, Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlarida davom etdi. Jizzax, Navoiy va Buxoro viloyatida shamol tezligi maksimal 20-25 m/s ga yetdi. 

Davomli esgan kuchli shamollar natijasida cho‘l landshaftga ega hududlardagi tuproq sirtidagi chang va qum zarralari havoga ko‘tarilib, chang bulutini hosil qildi. Chang buluti shamol yo‘nalishi bo‘yicha avval Sirdaryo viloyatiga so‘ngra Toshkent viloyati va Toshkent shahrining atmosfera xavosida chang-bo‘ron va g‘uborni keskin ortib ketishiga sabab bo‘ldi. Chang bo‘ronlari va g‘ubor atmosfera xavosining ko‘rinish darajasini Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 500-1000 metrga, Toshkent shahrida esa 200 metrgacha chegaraladi. 
 
Ushub hodisa Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyati hududlarida ham kuzatilib, ushbu viloyatlar hududida ko‘rinuvchanlik 1000 metrdan past darajaga ega changli-g‘ubor qayd etildi.

4-noyabrdan 5-noyabrga o‘tar kechasi Qozog‘istonning Chimkent viloyati, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ko‘tarilgan chang va qum zarralarining ma’lum bir qismi atmosferaning yuqori qatlamlarida qo‘shni Tojikistonning So‘g‘d viloyati Xo‘jand tor darasi orqali “Qo‘qon” shamollari ko‘rinishida Farg‘ona vodiysiga kirib keldi. Ayni dam vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida ko‘rinuvchanlik 1000 metrdan past cheklanishiga ega chang-g‘ubor hodisasi kuzatilmoqda.
 
“O‘zgidromet”ning ta’kidlashicha, olib borilayogan kuzatishlar davomiyligi (150 yil) natijasida bunday holat ilgari kuzatilmagan. 
Shuningdek, markaz Respublika hududida joriy yilning 12-noyabr kuniga qadar yog‘ingarchiliklarni (janubiy viloyatlardan tashqari) kuzatilmasligini ham porognoz qilmoqda. 

Mutaxasislar tahliliga ko‘ra, atmosfera xavosida chang-g‘uborlarini yaqin kunlar ichida saqlanib qolish ehtimolligi mavjud.

“O‘zgidromet”ning Toshkent shahrida joylashgan havo sifatini ifloslantiruvchi moddalar tahlilini yurituvchi avtomatik stasionar kuzatuv postlarida chang miqdori avvaliga ruxsat etilgan me’yordan 5 barabarga, mahalliy vaqt bilan soat 21:00 va 23:00 orasida esa 30 barobargacha ko‘tarilgani qayd etilgan.
 
Mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan boshlab havo tarkibidagi chang miqdorini pasayish tendensiya kuzatildi va bu davr oralig‘ida chang miqdori ruxsat etilgan me’yoriy ko‘rsatkichdan 10 barobar yuqoriligi saqlanib qolmoqda.


Bu ham qiziq

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!