$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Qurolli Kuchlar akademiyasi general-mayori vafot etdi

10:09 / 16.09.2023

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 15-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi harbiy ilmiy-amaliy ishlab chiqish markazi katta ilmiy xodimi, harbiy fanlar nomzodi, professor, iste’fodagi general-mayor Aleksandr Vladimirovich Shishlyannikov og‘ir kasallikdan keyin 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

A.V.Shishlyannikov 1950-yil 3-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Uning harbiy tarjimai holi haqiqiy jangovar ofitser va generalning yo‘lidir.

1971-yil Toshkent oliy tank qo‘mondonlik bilim yurtini tamomlagandan so‘ng, Chexoslovakiyadagi Markaziy qo‘shinlar guruhi va Germaniyadagi G‘arbiy qo‘shinlar guruhi qismlarida xizmat qilgan. 1993-1995-yillarda Tojikiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

U butun umrini Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishga bag‘ishladi.
30 yildan ortiq haqiqiy harbiy xizmati davomida Aleksandr Vladimirovich uning barcha bosqichlarini bosib o‘tdi: tank bilim yurti kursantidan tortib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasining tezkor san’at va umumiy taktika kafedrasi boshlig‘igacha, Tojikiston Respublikasining birinchi mudofaa vaziri, leytenantdan-generalgacha.

Shuningdek, ko‘p yillik halol, vijdonan xizmati va mehnati uchun Aleksandr Vladimirovich yuksak davlat mukofotlari, jumladan 3 ta orden va 50 dan ortiq medal hamda esdalik nishonlari bilan taqdirlangan. Mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi xizmatlari, harbiy fanni shakllantirish va rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun 2019-yilda Aleksandr Vladimirovich Shishlyannikov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.


Bu ham qiziq

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!