$
11838.92 UZS
-64.23
₽
147.05 UZS
0.3
€
13248.94 UZS
-80.21
31° Kechasi 18°

Raqobat qo‘mitasi tarmoqlardagi noqonuniy reklamalarni monitoring qilib bormoqda

12:23 / 09.06.2026

2026-yil futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlanishi arafasida ijtimoiy tarmoqlar, internet saytlari hamda Telegram messenjeridagi guruh va kanallarda bukmekerlik xizmatlari, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi reklama materiallari tarqalishi faollashishi kuzatilmoqda.

Yirik sport musobaqalariga bo‘lgan qiziqishning ortishi ayrim shaxslar tomonidan fuqarolarni turli bukmekerlik platformalariga jalb etish vositasi sifatida qo‘llanilmoqda. Bunda sport natijalari bo‘yicha pul tikish, qisqa muddatda daromad topish yoki yirik yutuqlarga erishish haqidagi va’dalar orqali aholini tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda ishtirok etishga undovchi reklama va axborot materiallari keng tarqatilmoqda.

Alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 46-moddasiga muvofiq, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlari hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda tashkil etiladigan qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish taqiqlanadi.

Shuningdek, bukmekerlik xizmatlari va qimor o‘yinlarini targ‘ib qilish, ularning reklamasini tayyorlash, joylashtirish, tarqatish yoki ommalashtirish bilan bog‘liq harakatlar amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi ayrim shaxslar o‘z faoliyatini anonim tarzda yuritish, soxta akkauntlar va taxalluslardan foydalanish hamda xorijiy elektron platformalar orqali reklama tarqatishga urinmoqda. Biroq bu kabi holatlar qonunchilik talablaridan chetda qolmaydi va vakolatli organlar tomonidan o‘rganib boriladi.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘z vakolatlari doirasida internet tarmog‘i, ijtimoiy media platformalari va boshqa axborot resurslarida joylashtirilayotgan reklama materiallarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan tizimli monitoring va tahlil ishlari olib borilmoqda.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha tegishli ma’lumotlar vakolatli davlat organlariga, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik bo‘linmalariga qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rish uchun taqdim etiladi.


O‘zbekiston


														
														"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

Ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilarga bolaning dunyoga kelishidan ancha oldin — bo‘lajak onaga g‘amxo‘rlik qilishdan boshlanib…
15:45 / 23.10.2026

														
														60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

Namangan viloyati hududida joylashgan qadimiy Axsikent shahri 1620-yilda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan.…
10:54 / 23.10.2026

														
														Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal nafaqat shirinligi, balki foydali xususiyatlari bilan ham qadrlanadi. Uning tarkibida antioksidantlar va organizm uchun…
08:29 / 23.10.2026

														
														Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron 22-oktabr kuni Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri yonib ketgani yoki shikastlanganini ma’lum qildi. Hodisalarga Eron …
23:59 / 22.10.2026

														
														AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) Milliy xavfsizlik vazirligiga Meksika chegarasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan issiqlik nuri…
23:56 / 22.10.2026

														
														Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

O‘zbekistonda fuqarolar ayrim xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etmasdan, ularning elektron s…
23:52 / 22.10.2026

														
														O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026

														
														FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

2027 yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan FIFA U-20 Jahon chempionati 17-sentabrdan 9-oktabrgacha davom etadi. B…
23:44 / 22.10.2026

														
														23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
16:50 / 22.10.2026

														
														Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Shuningdek, Javlon Jovliyevning mehnati ham e’tirof etildi. Unga, shuningdek, “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi g‘olib…
11:13 / 22.10.2026

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026
Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Ashxobodda tashkil etilgan “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasi menda juda iliq taassurot qoldirdi.
09:19 / 22.10.2026
Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Labo haydovchisi boshqaruvni yo‘qoti…
15:55 / 21.10.2026
Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal nafaqat shirinligi, balki foydali xususiyatlari bilan ham qadrlanadi. Uning tarkibida antioksidantlar va organizm uchun…
08:29 / 23.10.2026
FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

2027 yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan FIFA U-20 Jahon chempionati 17-sentabrdan 9-oktabrgacha davom etadi. B…
23:44 / 22.10.2026
Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 2025-yil yanvarida boshlangan ikkinchi prezidentlik muddati davomida 300 mingdan or…
09:23 / 21.10.2026
Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron 22-oktabr kuni Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri yonib ketgani yoki shikastlanganini ma’lum qildi. Hodisalarga Eron …
23:59 / 22.10.2026
O‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi

O‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni…
15:06 / 21.10.2026
60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

Namangan viloyati hududida joylashgan qadimiy Axsikent shahri 1620-yilda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan.…
10:54 / 23.10.2026
Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Samarqand va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 5 kilogramm 527 gramm opiy moddasi musodara qil…
09:45 / 21.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!